Avvalroq Markaziy bank O‘zbekistonning 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalarni sotuvga chiqarishini ma‘lum qilgandi.
Dastlab muomalaga 100 dona oltin va 1000 dona kumush tanga chiqarilishi rejalashtirilgan edi.
Regulyator xaridorlar tomonidan bildirilgan yuqori qiziqish va ko‘plab murojaatlar sabab qo‘shimcha ravishda yana 400 dona oltin hamda 2000 dona kumush esdalik tanga zarb etilishini ma‘lum qildi.
Shu tariqa, sotuvga chiqariladigan tangalarning umumiy soni 500 dona oltin va 3000 dona kumush tangani tashkil etadi.
Esdalik tangalari 18-iyundan boshlab 690ta tijorat banklari filiallarida sotuvga chiqariladi.
18-iyun holatiga ko‘ra, 31,1 grammli oltin tanganing sotuv narxi 54,63 mln so‘m, qaytarib sotib olish narxi esa 50,98 mln so‘mni tashkil etadi.
Kumush tanga 1,67 mln so‘mdan sotiladi, uni texnik ekspertizadan so‘ng 822 ming so‘mga qaytarib sotish mumkin.
Spot, avvalroq, Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirgani haqida yozgandi.