Samsung smartfonlari uy hayvonlari salomatligini suratga qarab baholashni o‘rganadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Sun’iy intellekt 97% gacha aniqlik bilan stomatologik kasalliklar, katarakta, bo‘g‘imlarning chiqishi va boshqalarni aniqlay oladi.
Shuningdek, ilovada itning hurish tarixi, soatlar bo‘yicha statistika hamda uy hayvonlari salomatligini saqlashga oid tavsiyalar bo‘ladi.
Yangi funksiyadan foydalanish uchun Samsung Galaxy smartfoni egasi o‘z qurilmasiga SmartThings ilovasi va Pet Care xizmatini o‘rnatishi kerak.
Samsung startap-inkubator dasturiga kiruvchi Lifet kompaniyasi esa sun’iy intellekt yordamida uy hayvonlarining salomatligini baholash uchun ularning suratlarini o‘z saytiga yuklash imkonini beradi.
Ta’kidlanishicha, qo‘llanilayotgan sun’iy intellekt modeli 30 mingta veterinariya klinikasi ma’lumotlari asosida o‘rgatilgan.
Diagnostika modeli Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti hamda Karnegi-Mellon universiteti tadqiqot guruhlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Avvalroq Spot Adidas uy hayvonlari uchun kiyimlar kolleksiyasini taqdim etgani haqida yozgandi.
