Toshkentda Raqamli texnologiyalar maktabi School 21ning O‘zbekistonda faoliyati boshlanganidan buyon ilk bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent va Samarqand kampuslarining bitiruvchilari ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar: ular saralash bosqichi “hovuz"idan, ikki yildan ortiq davom etgan asosiy ta’lim jarayonidan hamda majburiy amaliyotdan o‘tib, raqamli sohada o‘z kasbiy faoliyatlarini boshladilar.
Ilk bitiruv marosimi nafaqat School 21, balki mamlakat ta’lim va IT ekotizimi uchun ham muhim voqea bo‘ldi. Bugungi kunda School 21ning asosiy ta’lim bosqichida ikki mingdan ortiq ishtirokchi tahsil olmoqda, ilk bitiruvchilar esa kampusdagi dastlabki topshiriqlardan tortib, IT sohasida real ish tajribasini orttirishgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdilar.
Ko‘pchilik uchun IT sohasidagi ilk qadam “hovuz"dan, ya’ni insondagi matonat, mustaqil izlanish ko‘nikmalari va yangicha uslubda o‘qishga tayyorlikni sinovdan o‘tkazadigan intensiv saralash bosqichidan boshlangan. Shundan so‘ng ular o‘quv loyihalari, jamoaviy ishlash, 13 ta ixtisoslik yo‘nalishidan birini tanlash, kodlarni o‘zaro tekshirish, xakatonlarda qatnashish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va majburiy amaliyot kabi bosqichlardan birma-bir o‘tishgan.

Ta’limning muhim qismini yetakchi IT kompaniyalar, texnologik markazlar va raqamli transformatsiya loyihalaridagi amaliyot tashkil etdi. Ishtirokchilar Lobster.io, Better Web, EPAM, WEBASE, AVO, Uzcosmos, IT Park rezidentlari va boshqa bir qator tashkilotlarda amaliyot o‘tab, kasbiy ish tajribasiga ega bo‘ldilar. Bitiruvchilarning bir qismi yirik mahalliy va xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, boshqalari o‘z startaplari hamda innovatsion texnologik mahsulotlarini rivojlantirmoqda.
Bitiruv marosimining tantanali qismida bitiruvchilar, School 21 jamoasi, hamkor tashkilotlar, IT sohasi vakillari va hamjamiyat a’zolari bir yerga jam bo‘lishdi. Tadbirni Ayubxon Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari ochib berdi va mamlakatda raqamli kadrlarni tayyorlashda amaliy IT ta’limining ahamiyati haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirning eng hayajonli lahzasi diplomlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Bitiruvchilar nafaqat diplomlarini qabul qildilar, balki raqamli sohadagi professional faoliyatlarining yangi sahifasini ham ochdilar.
“School 21ning O‘zbekistondagi ilk bitiruv marosimi butun jamoamiz uchun muhim va o‘ziga xos voqea hisoblanadi. Bu yigit-qizlar qat’iyat, intizom hamda iroda talab qiladigan yo‘lni: ‘hovuz'dagi dastlabki kunlardan tortib, amaliyotlar va raqamli sohadagi faoliyatgacha bo‘lgan butun jarayonni bosib o‘tdilar. Ularning kampusni nafaqat amaliy tajriba va kuchli kasbiy hamjamiyat bilan, balki mustaqil o‘rganish, yangi vazifalarga moslashish va doimiy rivojlanish ko‘nikmalari bilan tark etayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega. Eng asosiysi — bizning missiyamiz o‘z samarasini berayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. School 21 haqiqatan ham insonlarga hayotini o‘zgartirishga, yangi kasb egallashga, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga va ijtimoiy liftimkoniyatlaridan foydalanishga yordam bermoqda. Bugungi bitiruvchilarimiz yetakchi IT kompaniyalarida ishlamoqda, o‘z loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqda va mamlakatda raqamli transformatsiyaning bir qismiga aylanmoqda. Shu o‘rinda, School 21 aynan mana shunday muvaffaqiyat hikoyalari uchun tashkil etilganligini e’tirof etish kerak”, — deya ta’kidlaydi School 21 ijrochi direktori Zarina Luxmanova.
Bitiruvchilar uchun esa bu kun kasbiy faoliyatning yangi bosqichiga o‘tish nuqtasi bo‘ldi.

“School 21 ga kelganimda, oldimda mutlaqo yangi va ancha mashaqqatli yo‘l turardi. Bu yerda men murakkab vazifalarni tushunishni, boshqalar fikrini tinglashni, jamoa bo‘lib yechim topishni va loyihalarni natijagacha yetkazishni o‘rgandim. Ta’limning har bir bosqichi o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga va qaysi yo‘nalishda rivojlanishni istayotganimni yaxshiroq anglashimga yordam berdi. O‘qish davomida ilk kasbiy tajribamni orttirdim, ish topdim. Eng muhimi, School 21 da olgan bilim va ko‘nikmalarim amaliy loyihalarda qanday qo‘llanilishiga guvoh bo‘ldim. Bugun men School 21ni o‘z kuchli tomonlarini yaxshi anglaydigan va yangi kasbiy vazifalarni bajarishga tayyor mutaxassis sifatida tamomlayapman”, — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi Toshkent kampusining bitiruvchisi, EPAM Solutions xalqaro kompaniyasining biznes va tizim tahlilchisi Kаmola Mamatova.

“Men uchun School 21 ko‘p jihatdan o‘z tanloving, qat’iyating va doimiy o‘rganishga tayyorligingga bog‘liq bo‘lgan muhitga aylandi. “Hovuz"dan o‘tish qiyin bo‘ldi, chunki IT sohasida tajribam yo‘q edi. Keyin esa loyihalar, muddatlar, amaliyot va ilk haqiqiy vazifalar boshlandi. Har bir bosqich o‘sishimga va kasbimni yaxshiroq tushunishimga yordam berdi. Aynan shu yo‘l menga IT nafaqat texnologiyalar, balki biznesning haqiqiy vazifalarini hal qilish, foydali mahsulotlar yaratish va o‘z ishing natijasini ko‘rish imkoniyati ekanini ko‘rsatdi. Bugun men veb-dasturchi bo‘lib ishlayman va ishonch bilan ayta olamanki, School 21 kasbiy faoliyatimda muhim tayanch nuqta bo‘ldi”, — deya ta’kidlaydi Samarqand kampusining bitiruvchisi, Yaponiyaning Better Web kompaniyasi veb-dasturchisi Amonov Savlatjon.

School 21ning ilk bitiruvchilari maktab ta’lim modelining amaliy samarasi va natijasini yaqqol namoyon etdi. Ular saralash “hovuzi"dan tortib, asosiy ta’lim, majburiy amaliyot va kasbiy faoliyatga ilk qadam qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlardan o‘tib, haqiqiy vazifalar bilan ishlash, fikr berish va olish, jamoa bo‘lib yechim izlash hamda mustaqil ravishda oldinga intilish kabi har bir soha vakili uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egalladilar. O‘zbekistondagi ilk bitiruv marosimi mamlakatda yangi avlod raqamli mutaxassislarini tayyorlash va IT hamjamiyatini rivojlantirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

Siz ham bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan raqamli kasblardan birini bepul egallash va IT sohasida rivojlanish va karyera qurish imkoniyatlarini yaratadigan hamjamiyat bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. School 21 da saralash intensiviga qabul har uch haftada o‘tkaziladi. Toshkent va Samarqanddagi navbatdagi saralash “hovuz"lari 29-iyunda boshlanadi, arizalar esa 25-iyungacha qabul qilinadi.

O‘qishga arizani 21-school.uz sayti orqali topshirish mumkin.
Samarqand:
Telefon: (+998) 93−039−44−42.
Manzil: Samarqand shahar, Ibn Sino ko‘chasi, 17a.
E-mail: samarkand@21-school.uz
Toshkent:
Telefon: (+998) 93−039−44−47.
Adres: Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 13.
Email: tashkent@21-school.uz
Reklama huquqlari asosida.