Xususan, Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Olmazor, Uchtepa, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxt tumanlarida soliq sohasini yanada takomillashtirish, davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda rahbar kadrlar salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirilgan.
Xususan, qo‘mita raisining 22-iyundagi tegishli buyrug‘iga muvofiq Habibulla Inomov Olmazor tumani, Laziz Nosirov esa Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shuningdek, Hamdam Rajabov Yakkasaroy tumani, Jamshid Ergashov esa Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
May oyida Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov O‘zbekistonning 12 viloyatining 35 ta shahar va tuman soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlarni tayinladi.
Qayd etilishicha, ushbu tayinlovlar soliq tizimida amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarning “muhim amaliy bosqichi” sifatida baholanmoqda.
Xabarda taʼkidlanishicha, ishga kreativ yondashadigan, istiqbolli va professional tayyorgarlikka ega yosh rahbar kadrlarni tanlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shuningdek, shahar va tuman soliq organlariga tayinlangan yangi rahbarlar orasida to‘rt nafar ayol ham bor. Ular G‘azg‘on shahri, Shirin shahri, Muborak tumani va Termiz tumanida faoliyat yuritadi. Yangi tayinlangan rahbarlarning to‘liq ro‘yxati jadvalda keltirilgan.
Hudud
| Tayinlov
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
| - Nukus shahar SI boshlig‘i — Seitov Aydos Iskenderovich
- Kegeyli tumani SI boshlig‘i — Risnazarov Ruslan Mambetbayevich
- Chimboy tumani SI boshlig‘i — Artikov Sultan Jarilkaganovich
|
Andijon viloyati
| - Bo‘ston tumani SI boshlig‘i — Shamsutdinov Alibek Rashid o‘g‘li
- Marhamat tumani SI boshlig‘i — Erkaboyev Fazliddin Sharobidinovich
- Paxtaobod tumani SI boshlig‘i — Mamatov Kamoliddin Raximjonovich
|
Jizzax viloyati
| - Forish tumani SI boshlig‘i — Islamov Jasurbek Nematovich
- Yangiobod tumani SI boshlig‘i — Mustafakulov Kobiljon Nabijanovich
|
Qashqadaryo viloyati
| - Qarshi shahar SI boshlig‘i — Xomidov A’zam Tashkanovich
- Ko‘kdala tumani SI boshlig‘i — Sobirov Shohboz Soibqiron o‘g‘li
- Muborak tumani SI boshlig‘i — Niyozova Sugdiyona Mexmonovna
- Shahrisabz tumani SI boshlig‘i — Sadullayev Iskandar Asadovich
|
Navoiy viloyati
| - G‘ozg‘on shahar SI boshlig‘i — Umarova Zaxro Furqat qizi
- Qiziltepa tumani SI boshlig‘i — Pirmatov Umidjon Karimovich
|
Namangan viloyati
| - Chortoq tumani SI boshlig‘i — Turg‘unov Sardor Maxmudovich
|
Samarqand viloyati
| - Jomboy tumani SI boshlig‘i — G‘afurov Firuz Kurbonboyevich
- Kattaqo‘rg‘on tumani SI boshlig‘i — Otamurodov Murodali Yusupovich
|
Sirdaryo viloyati
| - Shirin shahar SI boshlig‘i — Abdukayumova Munira Safarovna
|
Surxondaryo viloyati
| - Angor tumani SI boshlig‘i — Xudoyqulov Ilxom Yuldashovich
- Termiz tumani SI boshlig‘i — Shoturayeva Maftuna Elturayevna
- Uzun tumani SI boshlig‘i — Xushvaktov Abduraxmon Shukurovich
- Sho‘rchi tumani SI boshlig‘i — Nazarov Akmaliddin Saloxiddinovich
|
Toshkent viloyati
| - Ohangaron tumani SI boshlig‘i — Muminov Anvar Umirzoq o‘g‘li
- Qibray tumani SI boshlig‘i — Boboyev Rovshan Odilovich
- Yangiyo‘l shahar SI boshlig‘i — Shamshiyev Sherzod Sultanovich
|
Farg‘ona viloyati
| - Bag‘dod tumani SI boshlig‘i — Maxsudov Axrorjon Baxodirovich
- Beshariq tumani SI boshlig‘i — Fozilov Ulug‘bek Egamberdiyevich
- Quva tumani SI boshlig‘i — Bekmirzayev Kuyoshbek Xolmatovich
- Qo‘qon shahar SI boshlig‘i — Xamrakulov Akmaljon Aliyevich
- Oltiariq tumani SI boshlig‘i — Tojiusmonov Bexzod Furqat o‘g‘li
- So‘x tumani SI boshlig‘i — Mamajonov Rashidjon Mamajonovich
- Farg‘ona tumani SI boshlig‘i — Sultonov Ixtiyorjon Murodjonovich
- Farg‘ona shahar SI boshlig‘i — Polvonov Nazarjon Djumanazarovich
|
Xorazm viloyati
| - Bog‘ot tumani SI boshlig‘i — Axmedov Sanjarbek Sabirovich
- Gurlan tumani SI boshlig‘i — Ro‘zimov Sarvar Axmadjonovich
|
Avvalroq Spot Toshkentda ikki nafar soliq inspektori $5 ming pora bilan qo‘lga tushgani haqida yozgandi.
Yunusobod tumani Soliq inspeksiyasi inspektorlari tadbirkorga Chilonzor buyum bozoridan do‘konlarni ijaraga olishda yordam berish evaziga pul talab qilgan.