YouTube jamoasi Shortsga e’tibor qaratgan holda yana bir yangilanishni chiqardi, deya xabar berdi Rozetked nashri.

Google’ning qisqa vertikal videolar bo‘limida Reels va TikTok’dan olingan yangi funksiyalar paydo bo‘ldi.

Birinchidan, “Toza ekran” rejimi paydo bo‘ldi. Videoni tomosha qilayotganda, interfeys kontentni to‘sib qo‘ymasligi uchun uni yashirish mumkin.

shorts, yangiliklar, youtube

Ikkinchidan, endi Shorts videolarini ekranning chap tomonida bosib, 2x tezlikda tomosha qilish mumkin.

Tomosha tezligini shu holatda qotirish uchun barmoqni ekranning pastki qismiga tortish kerak.

Bundan tashqari, endi videolarning ovozini tezda o‘chirsa bo‘ladi, layk va dizlayk tugmalari esa rasman “yurakcha"ga almashtiriladi.

shorts, yangiliklar, youtube

Yangilanish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda, shu sababli ayrim foydalanuvchilarda yangi funksiyalar kechroq paydo bo‘lishi mumkin.


Avvalroq Spot YouTube taklif orqali shaxsiy xabarlar uchun chatni qaytarayotgani haqida yozgandi.

Shaxsiy xabar bo‘limi 2025-yil kuzida sinovdan o‘tkazilgan, hozir esa unga AQSH va boshqa hududlar ham qo‘shilmoqda.