Volkswagen Group keng ko‘lamli qayta qurish dasturini tayyorlamoqda. Bu haqda Manager Magazin xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, bu bir necha yil ichida butun dunyo bo‘ylab 100 minggacha ish o‘rni qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh direktor Oliver Blume boshchiligidagi konsern rahbariyati Xitoy ishlab chiqaruvchilari raqobatining kuchayishi, boj tariflari bosimi va elektromobillarga o‘tish fonida raqobatbardoshlikni oshirish choralarini ko‘rib chiqmoqda.
Ular orasida investitsiyalarni qariyb 15% ga qisqartirish va biznes tuzilmasini qayta tashkil etish ham bor.
Bundan tashqari, Volkswagen Germaniyadagi bir nechta zavodlarda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatishi mumkin.
Kompaniyaning o‘zi izoh berishdan bosh tortdi va faqat strategik qarorlar korporativ tartib-qoidalar doirasida qabul qilinishini ta’kidladi.
Iyun oyi boshida avtomobil ishlab chiqaruvchisi joriy yil oxirigacha avtomobil ishlab chiqaruvchisi 19 mingga yaqin xodimni ishdan bo‘shatishi haqida xabar berilgandi.
2026-yil mart oyida The Guardian gazetasi nemis konserni 2030-yilgacha 50 ming xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirgani haqida yozgan edi.
Yangi chora-tadbirlar kompaniyaning so‘nggi yillardagi transformatsiyasining eng yirik bosqichlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Spot General Motors AQSHda ming nafar xodimni 50 ta robot bilan almashtirishi haqida yozgandi.
Robotlar odamlar bilan birga ishlaydi va kuzov panellarini o‘rnatish kabi takrorlanuvchi vazifalarni o‘z zimmasiga oladi.