Jismoniy kartalarsiz, smartfon yordamida to‘lovlarni amalga oshirish yangi standartga aylanmoqda va OSON bu jarayonni yanada soddalashtiryapti. Endi mijozlar O‘zbekiston bo‘ylab yirik supermarketlardan tortib kichik qahvaxonalargacha bo‘lgan 140 mingdan ortiq savdo nuqtalarida Tez QR tizimi orqali to‘lov qilish imkoniyatiga ega.
Bu qanday ishlaydi:
- OSON ilovasini ochish kerak;
- to‘lov terminali ekranida shakllangan Tez QR-ni skanerlash lozim;
- to‘lovni birgina bosish bilan tasdiqlash kerak.
Mablag‘ bog‘langan kartadan bir zumda yechib olinadi. Shu bilan birga, xavfsizlik yuqori darajada ta’minlanadi. Mijozning ma’lumotlari va PIN-kodi sotuvchiga uzatilmaydi, dinamik kod tufayli esa tranzaksiya ishonchli himoyalangan bo‘lib, ilovaning ichki tizimida amalga oshiriladi.
Kompaniya jamoasi OSON’ni har kunlik qulay moliyaviy vosita sifatida rivojlantirishda davom etadi. Tez QR integratsiyasi muhim bosqich bo‘ldi. Tez orada ilovada UzQR ham to‘liq ishlaydi va bitta smartfon bilan barcha to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
OSON’ni so‘nggi versiyaga yangilab, to‘lovlarni qulay amalga oshirish mumkin.
Ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.