Apple iOS 27 tizimiga ijtimoiy muhandislik usullariga asoslangan foydalanuvchilarni firibgarlikdan himoya qilishning yangi mexanizmini qo‘shdi.

9to5Mac ma’lumotlariga ko‘ra, tizim Trust Insights deb nomlangan va ilovalarga odam qachon jinoyatchilar ta’sirida bo‘lishi mumkinligini aniqlash imkonini beradi.

Yangi freymvork firibgarlar qurbonni pul o‘tkazish, akkaunt xavfsizlik sozlamalarini o‘zgartirish yoki maxfiy ma’lumotlarni berishga undaydigan keng tarqalgan sxemalarga qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan.

Trust Insights bevosita qurilmada foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Baholash uchun interfeys bilan o‘zaro ta’sir shablonlari, harakatlarning bajarilish tezligi, ularning konteksti va sensorlardan olingan asosiy ma’lumotlardan foydalaniladi.

Agar tizim foydalanuvchining harakatlari firibgarning ko‘rsatmalarini bajarishga o‘xshaydi deb hisoblasa, u operatsiyalarga o‘rtacha yoki yuqori xavf darajasini beradi.

Shundan so‘ng ilova tegishli choralarni ko‘rishi mumkin: foydalanuvchini ogohlantirish, amal bajarilishidan oldin qisqa kechikish joriy etish yoki harakatni qo‘shimcha tasdiqlashni so‘rash.

Apple ta’kidlashicha, Trust Insights fotosuratlar, xabarlar yoki elektron pochta mazmunini tahlil qilmaydi. Tizim faqat foydalanuvchi xatti-harakatlari signallarini qayta ishlab, dastlabki ma’lumotlarni o‘chiradi va serverlarga faqat xavf darajasi bahosini yuboradi.

Qayd etilishicha, zarurat tug‘ilganda esa bu baho Apple akkaunti ma’lumotlari hamda noodatiy faollik belgilari bilan solishtiriladi.


Avvalroq Spot Apple yaqin bir yilda kamida beshta yangi iPhone taqdim etishi haqida yozgandi.

Yangi modellarni 2026-yilning ikkinchi yarmi va 2027-yilning birinchi yarmida taqdim etish rejalashtirilgan.