Samsung smartfonlar narxini avvalgi darajada saqlab qolmoqchi bo‘lgan, biroq bu rejani amalga oshira olmagan. Bu haqda Android Police xabar berdi.

Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, Samsung 2026-yil boshidagi narxlarni saqlab qolmoqchi bo‘lgan. Biroq, kompaniya yangi smartfonlar narxini oshirishga majbur bo‘ladi.

Xabarga ko‘ra, Samsung xarajatlarni kamaytirish maqsadida Galaxy S27 uchun OLED panellarni Xitoyning BOE kompaniyasidan buyurtma qilmoqchi bo‘lgan.

Bu panellar Samsung ishlab chiqaradigan displeylarga qaraganda 20% arzonroq bo‘lishi kutilgan, biroq kelishuv amalga oshmagan.

Mutaxassislar fikricha, Samsung qo‘shimcha xarajatlarni qoplay olmaydi va Galaxy S27 smartfonlari narxini oshirishga majbur bo‘ladi.

2027-yil boshida taqdim etilishi kutilayotgan yangi modellarning narxi amaldagi qurilmalarga nisbatan $50−100 ga qimmatlashishi prognoz qilinmoqda.


Avvalroq Spot Apple iPad, MacBook, uy jihozlari va Vision Pro narxlarini oshirgani haqida yozgandi.

Xususan,MacBook Pro M5 $1999 (+$300), MacBook Air M5 $1299 (+$200), MacBook Neo $699 (+$100), iPad Pro $1199 (+$200), iPad Air esa $749 (+$150) bo‘ldi.

Narxlar xotira chiplari va saqlash qurilmalari taqchilligi sabab ortib borayotgan xarajatlarni qoplash qarori sabab bo‘lgan.

Kompaniya iPhone, Apple Watch va AirPods narxlarini oshirmagan bo‘lsa-da, tez orada boshqa mahsulotlar narxi ham oshirilishi mumkin.