ATB “Universal bank” Yevropa Tiklash va Taraqqiyot Banki (YeTTB)ning Savdoni Rivojlantirishga Ko‘mak (TFP) dasturiga qo‘shilib, xalqaro moliyaviy hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda yana bir muhim qadamni bosdi.

Ushbu hamkorlik bankning xalqaro standartlarga muvofiq izchil rivojlanishini e’tirof etib,a xalqaro moliyaviy institutlarning ATB “Universal bank"ga bo‘lgan ortib borayotgan ishonchini aks ettiradi.

Hamkorlik doirasida ATB “Universal bank” va YeTTB revolver kredit shartnomasi (RCA) hamda emitent bank shartnomasini (IBA) imzolab, faollashtirdi. Ushbu shartnomalar bankning xalqaro savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash, eksport-import amaliyotlarini moliyalashtirish hamda mijozlarga global bank amaliyotlariga mos zamonaviy savdoni moliyalashtirish vositalarini taqdim etish salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining TFP dasturi global savdoni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy kompaniyalarni xalqaro bozorlarga integratsiya qilishni osonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasida savdoni moliyalashtirish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan eng obro‘li xalqaro platformalardan biri hisoblanadi.

O‘z navbatida, TFP dasturida ishtirok etish ATB “Universal bank” mijozlari bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

ATB “Universal bank” o‘z mijozlari uchun savdoni moliyalashtirish operatsiyalarini faol ravishda oshirish, ilg‘or xalqaro amaliyotlarni joriy etish va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yetakchi global moliyaviy institutlar bilan strategik hamkorlikni kengaytirishni davom ettiradi.

Sayt: universalbank.uz
Facebook: fb.com/universalbank.uz
Instagram: @universalbank.uz
Telegram: t.me/myuniversalbank
LinkedIn: linkedin.com/universalbank-uz

Reklama huquqlari asosida.