Migratsiya agentligi Jobex xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziyaning amal qilinishiini 10 kunga to‘xtatdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tegishli qaror 6-iyul kuni qabul qilingan.
Bunga agentlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida aniqlangan qonunchilik buzilishlari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bajarilmagani sabab bo‘lgan.
Shu munosabat bilan fuqarolarga mazkur xususiy bandlik agentligi litsenziyasi qayta tiklangunga qadar xorijda ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar tuzmaslik va ushbu xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirmaslik tavsiya etildi.

Migratsiya agentligi xususiy bandlik agentliklarining litsenziya holatini o‘zining rasmiy manbalari orqali tekshirish mumkinligini eslatdi.
Shuningdek, xorijda ishga joylashishda faqat rasmiy va ishonchli manbalardan foydalanishga chaqirdi.
Iyun oyi boshida Viza Lab xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilingandi.
Spot, avvalroq, Slovakiya o‘zbekistonlik kara haydovchilarini ishga taklif qilayotgani haqida yozgandi.