Anomal issiq sabab O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi davlat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Xususan, Qoraqalpog‘istonning to‘qqizda hududidagi davlat bog‘chalari shahar va tuman hokimlarining qaroriga asosan 13−18-iyul kunlari oralig‘ida yopiladi. Bular quyidagicha:
- Nukus shahri — 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Amudaryo tumani — 13-iyuldan 15-iyulgacha;
- Beruniy tumani — 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Xo‘jayli tumani — 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Taxiatosh tumani — 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Shumanay tumani — 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Mo‘ynoq tumani — 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Qonliko‘l tumani — 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- To‘rtko‘l tumani — 13-iyuldan 17-iyulgacha.
Navoiy viloyatida esa 44−45 darajagacha issiq kutilayotgani sabab Uchquduq va Nurota tumanlari, Tomdi tumanidagi 2-, 4- va 5-sonli, shuningdek Konimex tumanidagi 1−17-sonli (12-sondan tashqari) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 14−17-iyul kunlari faoliyatini to‘xtatadi.
Viloyatning boshqa hududlarida sanitariya-gigiyena talablari yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda.
Xorazm viloyatida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tavsiyasiga ko‘ra 14−17-iyul kunlari barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari vaqtincha yopiladi.
Qayd etilishicha, ushbu qarorlar maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini anomal issiqning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida qabul qilingan. Xorazmda bog‘chalar faoliyati 20-iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi.
Ota-onalardan farzandlari salomatligiga alohida e’tibor qaratish, ularni kunning eng issiq paytlarida uzoq vaqt ochiq havoda qoldirmaslik, yetarli miqdorda suyuqlik ichishini ta’minlash hamda shifokorlar tavsiyalariga amal qilish so‘raldi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda yozgi elektr energiyasi iste‘moli bo‘yicha yangi rekord qayd etilgani haqida yozgan edi.