Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi rahbariga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Unga ko‘ra, Abdulla Abduqodirov agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Taxirjon Safarov agentlik direktorining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

10-iyul kuni Sardor Umurzakov agentlik direktori etib tayinlangandi. Shu munosabat bilan u prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan, mazkur lavozim esa tugatilgandi.

Shu kuni Abdulla Abduqodirov ham boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan agentlik direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etilgan edi.

Spot, avvalroq, energetika vaziriga o‘rinbosarlar tayinlangani haqida yozgandi.