IT Park University — IT Park Uzbekistan va EPAM tomonidan tashkil etilgan, Toshkentdagi yangi formatdagi xususiy universitetdir. OTM amaliyotga yo‘naltirilgan IT ta’limni rivojlantirmoqda. Uning ta’lim modeli EPAM Raqamli muhandislik maktabi (EPAM School of Digital Engineering) ishtirokida yaratilgan — mashg‘ulotlarni amaliyotchi muhandislar va IT ekspertlar olib boradi, talabalar esa amaliy topshiriqlar va real keyslar bilan ishlaydi.

Alter Ego’ga bergan intervyusida IT Park University rektori Boxodir Ayupov va EPAM Uzbekistan bosh direktori Renat Axtyamov amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim modeli klassik yondashuvdan nimasi bilan farq qilishi, nima uchun EPAM xalqaro IT kompaniyasi kadrlar tayyorlashda ishtirok etayotgani va universitet nima sababdan gibrid formatni tanlaganini tushuntirib berdi.

Nazariyotchilar emas, amaliyotchilar

Boxodir Ayupovning so‘zlariga ko‘ra, ITPU akademik ta’lim va IT industriya o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishi lozim bo‘lgan universitet sifatida tashkil etilgan. Talabalar real loyihalar asosida tahsil oladi, o‘qituvchilar esa — bevosita sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislardir. Bu — universitetning asosiy farqli jihatlaridan biri.

“IT Park University — ommaviy ta’lim uchun mo‘ljallanmagan. Biz o‘zimizni korporativ, butik universitet sifatida taqdim etamiz. Bu yerda nazariyadan ko‘ra amaliyotga ko‘proq urg‘u beriladi va bu maqsadga aynan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etish orqali erishiladi”, — deya fikr almashdi IT Park University rektori Boxodir Ayupov.

it park university, itpu, reklama

Bunday modelda ixtisoslik fanlarini EPAMning amaldagi xodimlari va IT ekspertlari olib boradi. Mashg‘ulotlarda nazariya kamroq bo‘lib, dasturning asosiy qismi amaliyotdan iborat. Ekspertlar amaliy masalalarni qanday hal etish va talabgir IT mahsulotlarni yaratishni misollar yordamida tushuntirib beradi. Bu yondashuv talabalarga bosqichma-bosqich portfolio yig‘ishga va ish beruvchilar ulardan qanday ko‘nikmalarni kutayotganini yaxshiroq anglashga yordam beradi.

EPAM — universitet ta’lim modelining bir qismi sifatida

EPAM — 30 yildan ortiq tajribaga ega, shtab-kvartirasi AQShda joylashgan va 55 dan ortiq mamlakatda ofislariga ega xalqaro IT kompaniya. Kompaniyada 62 mingdan ortiq xodim mehnat qiladi, mijozlari orasida esa Fortune 500 va Forbes Global 2000 ro‘yxatlaridagi kompaniyalar bor. O‘zbekistonda EPAM jamoasi 600 nafarga yaqin mutaxassisni o‘z ichiga oladi.

EPAM IT Park University ta’sischilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ta’limning texnologik qismi uchun mas’ul: o‘quv dasturlari bozor talablariga mos ravishda muntazam yangilanib boradi, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni esa EPAM mutaxassislari olib boradi.

“Iste'dodlar tanqis bo‘lgan bozorlarda oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish va talabalarni oxirgi kurslardayoq mehnat faoliyatiga tayyorlab borish muhim. O‘zbekistonda biz bir qadam oldinga yurib, IT Park bilan hamkorlikda universitet ochdik. Bu EPAM uchun muhim, chunki biz kadrlar yetishtiramiz. Bitiruvchilar EPAMga ham, O‘zbekistonning IT ekotizimiga ham ishga joylashishlari mumkin”, — dedi EPAM Uzbekistan bosh direktori Renat Axtyamov.

it park university, itpu, reklama

Boxodir Ayupovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya universitetni dividend manbai deb hisoblamaydi. O‘qish narxi xarajatlarni qoplash, rivojlanishga sarmoya kiritish va ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida shakllantirilgan. Hozirda bakalavriatning bir semestri 12,7 mln so‘m, magistratura esa 22,5 mln so‘mni tashkil etadi.

Dastlabki bitiruv va bandlik

ITPUning ilk bitiruvchilari 2025-yil yozida o‘qishni yakunladi — universitetni 78 nafar talaba tamomladi. Bitiruvchilarning qariyb 80%i o‘qishni tugatish vaqtidayoq ish bilan ta’minlangan, bir qismi esa diplom olishdan avvalroq ishlay boshlagan edi.

Universitetda bu natija amaliyotga asoslangan ta’lim modeli bilan izohlanadi. Talabalar loyihalar ustida oldindan ishlaydi, portfolio yig‘adi va amaliy masalalarni hal qilish tajribasini orttiradi. Natijada kompaniyalar shunchaki bitiruvchilarni emas, jamoaviy ish qanday tashkil etilishini tushunadigan tayyor, ishni boshlovchi mutaxassislarni yollaydi.

Talabalarning yutuqlari qatoriga to‘rt nafar talabaning Apple Developer Academy’ga o‘qishga kirishi, ikki marotaba President Tech Award tanlovi finaliga chiqishi, shaxsiy IT mahsulotlari va universitetning ichki tizimi uchun yaratilgan sun’iy intellektga asoslangan bot kiradi.

Talabalar, shuningdek, EPAMning xorijdagi, jumladan, Ispaniya, Chexiya, Polsha, Litva va Latviyadagi ofislarida xalqaro amaliyot o‘tashi mumkin.

ITdagi o‘zgarishlarga moslashuvchi dastur

ITPU dasturining texnologik qismi EPAM ishtirokida muntazam ravishda qayta ko‘rib boriladi. Renat Axtyamov buni IT eng tez o‘zgaruvchan sohalardan biri bo‘lib qolayotgani bilan izohlaydi: bir necha yil avval dolzarb bo‘lgan yondashuvlar bugungi kunda ish bermasligi mumkin.

Shu bois asosiy e’tibor karerani boshlash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga qaratiladi. Sun’iy intellektga alohida urg‘u berilgan — ITPUda u turli fanlar va yo‘nalishlarga tatbiq etiladigan ish quroli sifatida qaraladi.

EPAM rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektning rivojlanishi bo‘lajak mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni ham o‘zgartirmoqda. Texnik tayyorgarlik bilan birga vazifani tushunish, jamoa bilan ishlash va yaratilayotgan yechimning qadrini ko‘ra bilishga yordam beradigan ko‘nikmalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Yosh mutaxassislarni tayyorlashda faqat hard skillsgga emas, balki soft skillsgga ham e’tibor qaratish lozim, chunki SI har kuni kodni tobora yaxshiroq yozmoqda. Jamoada ishlay olish, mas’uliyat, domen sohasini va yaratilayotgan mahsulot qadrini tushunish kabi boshqa fazilatlar birinchi o‘ringa chiqadi. Kodni esa SI yozadi”, — deya ta’kidladi Renat Axtyamov.

it park university, itpu, reklama

Nima uchun ITPU gibrid ta’lim modelini tanladi?

Dastlab IT Park University onlayn universitet sifatida ishga tushirilgan, biroq keyinchalik gibrid modelga o‘tgan. Boxodir Ayupovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda talabalar uchun nafaqat onlayn mashg‘ulotlar, balki oflayn muhit, muloqot va hamrohlik ham muhim. Kechagi maktab o‘quvchilari hali o‘qishda to‘liq mustaqil bo‘lishga tayyor emas.

Bugungi kunda universitet xorijiy mutaxassislarning onlayn ma’ruzalarini kampusdagi an’anaviy faoliyat bilan uyg‘unlashtirgan. Shuningdek, oliygohda Student Success Department jamoasi faoliyat yuritadi. Ular talabalarning o‘zlashtirishini nazorat qilib, birinchi kurslarga bosqichma-bosqich mustaqil ta’limga o‘tishga yordam beradi.

“Biz o‘zimizni onlayn emas, gibrid universitet deb hisoblaymiz. Bunday format oflayn va onlayn modellarning eng yaxshi jihatlarini o‘zida mujassam etadi. Onlayn shakl mashg‘ulotlarga turli mamlakatlardagi EPAM kompaniyasining amaliyotchi mutaxassislari va xodimlarini jalb qilish imkonini beradi. Bizda sohada ishlashda davom etayotgan va ayni vaqtda o‘z tajribasi bilan talabalar bilan bo‘lishayotgan mutaxassislar dars beradi”, — deya fikr bildirdi Boxodir Ayupov.

Intervyuning to‘liq shaklini havola orqali tomosha qilish mumkin.


it park university, itpu, reklama

ITPUdagi ta’lim yo‘nalishlari

IT Park University talabalarni “Dasturiy injiniring” (Software Engineering) yo‘nalishi bo‘yicha to‘rt yillik bakalavriatga qabul qiladi. Dasturda to‘rtta ixtisoslik mavjud:

  • Front-End Development;
  • Back-End Development;
  • Full-Stack Development;
  • Secure and Resilient Software Development.

Davomiyligi 1,5 yil bo‘lgan magistraturada ham “Dasturiy injiniring” (Software Engineering) yo‘nalishi mavjud. Talabalar uchta ixtisoslikdan birini tanlashi mumkin:

  • Solution Architecture;
  • Advanced Secure Software Engineering;
  • Data Engineering & AI.

Magistraturani tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasining davlat namunasidagi diplomi va EPAM sertifikati topshiriladi.

Qabul boshlandi. Yo‘nalishni tanlab, arizani shaxsiy kabinet orqali topshirish mumkin. Dasturlar va qabul haqida batafsil ma’lumot saytda mavjud. Shuningdek, koll-markazga quyidagi raqam orqali murojaat qilish mumkin: (+998) 55−520−40−00.

E-mail: info@itpu.uz
Sayt: itpu.uz
Facebook: fb.com/itpu.uz
Instagram: @itpu_uz
Telegram: t.me/itpu_uz
Youtube: @itpu_uz

Reklama huquqlari asosida.