O‘zbekiston mikromoliya bozori bank kreditlash bozoriga qaraganda tezroq o‘smoqda, biroq tadbirkorlar pul manbasini ko‘pincha hisob-kitob asosida emas, odat bo‘yicha tanlashadi. Agat Credit g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i Azamat Muqimov — har bir vosita qaysi vazifalarga mos kelishi va tanlovda eng ko‘p uchraydigan xatolar haqida.

O‘zbekiston mikromoliya bozori tarkibiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra mikromoliyaviy xizmatlar hajmi 35,8 trln so‘mga yetdi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17% ko‘p. Segmentda banklar ulushi 66%ni tashkil etdi, mikromoliya tashkilotlari ulushi esa 31,2%gacha o‘sdi. MMTlar aktivlari yil davomida 47%ga — 13,3 trln so‘mgacha ko‘paydi.

Bu raqamlar bir vosita ikkinchisidan ustun degani emas. Ular bozor yetuklashayotganini anglatadi: bank kreditlashuvi va mikromoliyalashtirishning o‘z vazifalari hamda qo‘llash mantig‘i shakllandi. Muammo shundaki, biznes ularni tez-tez chalkashtiradi — natijada qo‘shimcha xarajatlarga duch keladi yoki tijorat imkoniyatlarini boy beradi.

agat credit, reklama

Asosiy farq — faqat foiz stavkasida emas

Mikromoliyalashtirishga qarshi keng tarqalgan e’tiroz: u yerda qimmatroq. Rasmiy jihatdan foiz stavkalari haqiqatan ham bank stavkalaridan yuqori. Biroq mablag‘ jalb qilishning to‘liq qiymati bir nechta komponentdan tashkil topadi: foiz stavkasi, mablag‘ni olish vaqti va rasmiylashtirish xarajatlari — garov, baholash, sug‘urta, hujjatlarni yig‘ish uchun ketadigan vaqt.

Shartli misol. Yetkazib beruvchi oldindan to‘lov uchun 8% chegirma taklif qilmoqda, pul uch kun ichida kerak. Ko‘rib chiqish muddati ikki-to‘rt hafta bo‘lgan bank krediti bunday bitimga vaqt jihatidan ulgurmaydi. Tezkor moliyalashtirish ayrim hollarda biznesga foydali tijorat imkoniyatidan foydalanish imkonini berishi mumkin — biroq qarz jalb qilish to‘g‘risidagi qaror har doim moliyalashtirishning to‘liq qiymatini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak. Teskari holat: uzoq muddatli xaridni, masalan, binoni ketma-ket qisqa muddatli qarzlar hisobiga moliyalashtirish moliyalashtirishning umumiy qiymati uzoq muddatli kredit mahsulotiga nisbatan oshishiga olib kelishi mumkin.

agat credit, reklama

Bank krediti mos keladigan vazifalar

Bank krediti uchta shart bir vaqtda mavjud bo‘lganda o‘rinli: yirik summa, uzoq muddat va rasmiylashtirishga vaqt. Bular investitsiyaviy vazifalar — ko‘chmas mulk, uskunalar, qurilish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Gorizont ikki-uch yildan boshlanadi, garov mavjud, hisobot shaffof va biznes qaror uchun bir necha hafta kutishga qodir. Uzoq muddatda foiz stavkalari o’rtasidagi farq sezilarli mablag‘ga aylanadi — bu yerda u tezlikdan muhimroq.

agat credit, reklama

Mikromoliyalashtirish mos kelishi mumkin bo‘lgan vazifalar

Mikromoliya tashkilotlari mablag‘larni tezkor jalb qilishni talab qiladigan vazifalar uchun moliyalashtirish vositalaridan biri bo‘lishi mumkin:

  • kassa uzilishi: kontragent to‘lovni kechiktirdi, ammo ish haqi, ijara va soliqlarni kechiktirib bo‘lmaydi. Mablag‘ 30−90 kunga kerak va yechimning qadri tezlik bilan belgilanadi;
  • mavsum uchun aylanma kapital: mavsum cho‘qqisiga tovar xaridini kechiktirish biznes uchun bozor ulushidan ayrilish bilan tugashi mumkin;
  • garov yo‘qligi: yosh biznes va xizmat ko‘rsatish sohasida bank garov sifatida qabul qiladigan aktivlar ko‘pincha bo‘lmaydi. Bunday hollarda garovsiz mikromoliya mahsulotlari mavjud vositalardan biri bo‘lishi mumkin. Tartibga solish ham rivojlanmoqda: qonunchilikda belgilangan jismoniy shaxslar uchun mikroqarz limiti 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirildi.

agat credit, reklama

Tanlovda ko‘p uchraydigan xatolar

Uzoq muddatli vazifani qisqa pul bilan moliyalashtirish. Mohiyatan investitsiyaviy vazifa uchun qisqa muddatli qarzlarni birin-ketin jalb qilish: har bir alohida qarz yengil ko‘rinadi, biroq uzoq gorizontda bunday sxema, qoida tariqasida, uzoq muddatli kreditdan qimmatroqqa tushadi.

Faqat stavkaga qarash. Rasmiylashtirish bir yarim oy davom etgan past stavkali kredit shoshilinch vazifa uchun amalda tezkor qarzdan qimmatroq bo‘lib chiqishi mumkin — agar pul jalb qilinayotgan bitim shu vaqt ichida qo‘ldan ketgan bo‘lsa.

To‘liq qiymatni hisoblamaslik. Har qanday vositada hammasini solishtirish kerak: komissiyalar, sug‘urtalar, jarima shartlari, muddatidan oldin so‘ndirish tartibi. Halol kreditor bu shartlarni shartnoma imzolanishidan oldin ochib beradi.

Qaror oldidan tekshiruv ro‘yxati

To‘rtta savol:

  • “pul real qancha muddatga kerak — bir yilgachami yoki undan uzoqroqqami?”;
  • “bir hafta kutish biznes uchun qanchaga tushadi?”;
  • “likvidli garov bormi?”;
  • “qarz nimaning hisobidan qaytariladi — muayyan bitim tushumidanmi yoki umumiy pul oqimidanmi?”.

Moliyalashtirish manbasini tanlash qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga, mablag‘ jalb qilish maqsadlariga va qaytarish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkoniyatiga bog‘liq. Yetuk biznes bank va MMT o‘rtasida bir umrga tanlov qilmaydi — u ikkala vositaning mantig‘ini tushunadi va har birini o‘z o‘rnida qo‘llaydi. Bozor dinamikasiga qaraganda, o‘zbek biznesi hozir aynan shuni o‘rganmoqda.

Azamat Muqimov, Agat Credit MMT AJ G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i — kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga ixtisoslashgan mikromoliya tashkiloti.

Material axborot xarakteriga ega bo‘lib, individual moliyaviy tavsiya hisoblanmaydi. Moliyalashtirish jalb qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin tadbirkorlik subyektlariga o‘z moliyaviy imkoniyatlarini, moliyalashtirish shartlarini va mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiyatlarini baholash tavsiya etiladi.

Telefonlar: 1420, (+998) 71−205−80−20.

Sayt:agatcredit.uz
Facebook: fb.com/ao.agatcredit
Instagram: @agat.invest
Telegram: t.me/agat_credit

Reklama huquqlari asosida.