Farg‘ona viloyatida noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida gumonlanuvchining yashash xonadoni ko‘zdan kechirilib, bir dona noutbuk, ikkita mobil telefon hamda 43 ta bank plastik kartasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Surishtiruvlarda u ushbu qurilmalar orqali umumiy qiymati $500 mingga teng USDT kriptoaktivlari bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278−8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Toshkentda 17 yoshli o‘smir $578 minglik noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi bilan ushlangandi.

Spot, avvalroq, davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta‘minlangan steyblkoinlar chiqarishga ruxsat berilishi haqida yozgandi.