Davlat kadastrlari palatasida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga Behzodjon Karimov raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.
Yig‘ilishda Kadastr agentligi direktori Sadriddin Turdiyev ishtirok etdi.


Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Moxir Valiyevning kadastr sohasini rivojlantirish va tizimdagi islohotlarni amalga oshirishdagi xizmatlarini e‘tirof etib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, Behzodjon Karimovga Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish vazifalari yuklatilgani qayd etildi.
Yil boshidan 619 nafar kadastr xodimi intizomiy javobgarlikka tortilgandi. Ularning 345 nafari hayfsan oldi, 242 nafari jarimaga tortildi, 7 nafar xodim bilan esa mehnat shartnomasi bekor qilindi.
4-avgust kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kadastr xizmatlarida “bitta ariza — bitta to‘lov” tizimi tashkil etilishi taʼkidlangandi.
Spot, avvalroq, Sardor Isaqulov Hududiy elektr tarmoqlariga yangi rahbar bo‘lgani haqida yozgandi.

