Sentabr oyidagi maktab mavsumiga tayyorgarlikni ancha oldin boshlash zarur. Yuqori mavsumda maksimal daromad olish uchun biznes maqsadli auditoriya vaqt o‘tkazadigan asosiy kanallarda oldindan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishi muhim. Biznes savdo hajmining o‘sishiga qanday tayyorlanishi, qachondan boshlab talabni “qizdirish” kerakligi va talab eng yuqori bo‘lgan davrda reklama kampaniyalaridan qanday qilib maksimal natija olish mumkinligi haqida — maqolada.
O‘zbekistonda maktab mavsumining ko‘lami
Maktabga tayyorgarlik davri allaqachon faqat maktab formasi va kanselyariya mahsulotlari sotuvchilari uchun muhim bo‘lgan mavsum doirasidan chiqib ketgan. Bugungi kunda bu O‘zbekiston iqtisodiyotidagi iste’mol faolligining eng yirik bosqichlaridan biridir. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda 7,6 mln nafar maktab o‘quvchisi va ularning ota-onalari yangi o‘quv yiliga faol tayyorgarlikni boshlaydi. Bu mamlakat aholisining qariyb 20%ini tashkil etadi. Shu sababli yozning ikkinchi yarmi va kuzning o‘rtalarigacha bo‘lgan davr biznes uchun muhim savdo mavsumiga aylanadi.
Kompaniyalar, ayniqsa, birinchi sinf o‘quvchilari oilalariga alohida e’tibor qaratishi lozim. Joriy yilda O‘zbekistonda qariyb 800 ming nafar bola ilk bor maktabga boradi. Bu biznes uchun maktab xaridlarini ilk bor amalga oshiradigan va tanlov qilishda ko‘makka muhtoj bo‘lgan yangi katta auditoriya paydo bo‘lishini anglatadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik birinchi sinf o‘quvchilarining ota-onalarida avval maktabga tayyorgarlik tajribasi bo‘lmagani sababli ular jarayonga faolroq jalb bo‘ladi va yaxshi takliflarni izlashga ko‘proq vaqt sarflashga tayyor bo‘ladi.
Agar ilgari xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilishi uchun brend bilan 5−6 marta aloqa qilish yetarli bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda foydalanuvchi yo‘li ancha murakkablashgan — ba’zan 15 ta aloqa ham yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun biznes mijozning axborot maydonida tizimli ishtirok etishi va kun davomida foydalanuvchi yo‘lining har bir bosqichida uning yonida bo‘lishi muhim. Bunday vazifani ekotizim yondashuvi asosidagi reklama yechimlari hal qilishga yordam beradi.
Yandex Uzbekistan servislaridan mamlakatning har to‘rtinchi aholisi foydalanadi: qidiruv tizimida mahsulotlarni taqqoslaydi, xaritalarda marshrut tuzadi, turli kompaniyalarning takliflarini solishtiradi, ma’lumot izlaydi, taksi va yetkazib berish xizmatlariga buyurtma beradi, musiqa tinglaydi, filmlar tomosha qiladi va boshqa onlayn vazifalarni bajaradi. Yandex Advertising Network hamkorlik resurslari bilan birgalikda Yandex Ads reklama xizmatlari har oy O‘zbekistondagi 31 mlndan ortiq internet foydalanuvchisi bilan aloqa o‘rnatishga yordam beradi. Bu xarid qilishga tayyor bo‘lgan keng, faol va jalb etilgan auditoriyadir.

Qulay to‘lov usullari va xarid tanlash xususiyatlari
Yandex Ads ma’lumotlariga ko‘ra, maktab mahsulotlari va darsliklarga bo‘lgan foydalanuvchilar qiziqishining yuqori cho‘qqisi an’anaviy ravishda avgustdan oktabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Yandex Search tahliliga ko‘ra, avgust oyida ryukzak va portfellarga bo‘lgan qiziqish yil davomidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 57% ga, bolalar kiyimlari va poyabzaliga esa 10% ga oshadi.
Foydalanuvchilar maktab formasi va boshqa kiyim-kechaklarni avgustning ilk kunlaridanoq faol izlay boshlaydi. Shunga mos ravishda, sotuvchilar aynan shu vaqtga kelib savdolarga tayyor bo‘lishi va talabni oldindan shakllantirishni boshlashi muhim. Bunda brend va kompaniya takliflari haqidagi xabardorlikni oshirishga qaratilgan qamrovli reklama kampaniyalari yordam beradi. Masalan, Telegram kanallaridagi batafsil postlar, reklama tarmog‘idagi qamrov kampaniyalari yoki Yandex Maps’dagi brendlangan pinlar mijoz yaqin atrofdagi kerakli do‘konni izlayotgan paytda e’tiborni jalb qilish va raqobatchilardan ajralib turishga yordam beradi. Bolani maktabga tayyorlash oilalar uchun bir martalik katta xarajatlarni talab qiladi. Bu esa iste’molchilarning moliyaviy xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xaridorlar xarajatlarni optimallashtirishga intilib, BNPL (Buy Now, Pay Later — xaridni keyinroq bo‘lib-bo‘lib to‘lash modeli) vositalariga murojaat qilmoqda. Jumladan, avgust oyida bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali xarid qilishga bo‘lgan qiziqish yil davomidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 12% ga oshadi. Bu banklar, fintex kompaniyalari va yirik savdo tarmoqlari uchun muhim signal hisoblanadi — reklama xabarlarida qulay va ommabop to‘lov usullariga alohida urg‘u berish mijozlarga qaror qabul qilishni osonlashtiradi.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi maktab auditoriyasi bir xil emas. Xarid jarayonida ishtirok etadigan barcha iste’molchi guruhlarini qamrab olish uchun biznes turli reklama yondashuvlarini sinab ko‘rishi zarur.
Xususan, 1−4-sinflarda barcha qarorlarni ota-onalar qabul qiladi. Shu sababli reklama xabarlarini aynan ular uchun moslashtirish kerak. 5−8-sinflarda esa tanlov ota-onalar va farzand tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. Demak, reklama o‘sib kelayotgan bolaning qiziqishlari va kattalar uchun muhim bo‘lgan ratsional dalillar o‘rtasida muvozanatni saqlashi lozim. Yuqori sinflarda esa yakuniy qarorni ko‘pincha o‘smirlarning o‘zi qabul qiladi, bu esa kommunikatsiyani rejalashtirishda albatta inobatga olinishi kerak.

Reklama beruvchilarning investitsiyalari va raqobatchilardan ajralib turish
Maqsadli auditoriyaning maksimal qismini qamrab olish uchun brendlar xaridorlar e’tibori uchun kurashni oldindan boshlaydi. Shu bois reklama investitsiyalari ham ancha erta faollashadi. Avgust oyining o‘zidayoq Yandex Ads’dagi umumiy reklama byudjetlari yil davomidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 24% ga oshadi. Sentabr esa brend xabardorligini oshirishga qaratilgan media reklama investitsiyalari yil davomidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biriga yetadigan oyga aylanadi.
Mijoz uchun kurash iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida kuzatiladi. Yandex Ads’da reklama byudjetlarini eng ko‘p oshiradigan sohalardan biri telekommunikatsiya operatorlari bo‘lib, ularning investitsiyalari 7 baravar ortadi. Bu bolalar uchun ilk smartfonlarni xarid qilish, aqlli soatlar va uy internetini ulash zarurati bilan bog‘liq.
Moliyaviy xizmatlar va sug‘urta kompaniyalari kredit mahsulotlari hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash xizmatlariga bo‘lgan talab ortishi sababli reklama investitsiyalarini 5,3 baravar oshiradi. Ta’lim sohasi esa reklama faolligini 3 baravar kuchaytiradi.
1-sentabr arafasida turli sohalardagi brendlar bozorda reklama shovqinini — ya’ni o‘z xabarini yetkazish tobora qiyinlashadigan axborot to‘yinganligini yuzaga keltiradi. Shunday sharoitda muvaffaqiyatga erishish uchun biznes uzoq muddatli kommunikatsiya maqsadlarini belgilashi muhim.
Eng muhimi, reklama bosimi eng yuqori darajaga yetgan paytga kelib, iste’molchida aynan shu brendni tanlash bo‘yicha aniq va ongli niyat shakllangan bo‘lishi kerak. Bunga mijozga aynan kerakli joyda va kerakli vaqtda yetib borishga imkon beradigan samarali hamda texnologik kanallarni tanlash orqali erishish mumkin. Yandex Ads’da bu vazifani neyrotexnologiyalar bajaradi. 2025-yilda ular reklama tizimlari samaradorligini reklama byudjeti bir xil bo‘lgan holda 38% ga oshirdi.
Shu bilan birga, maktab mahsulotlariga bo‘lgan talab 1-sentabrdan keyin ham tugamaydi. Biznes o‘quv yilining dastlabki oylarida ham auditoriya bilan ishlashni davom ettirishi zarur. O‘qishning ilk haftalarida o‘quvchilarga dastlabki ro‘yxatlarga kiritilmagan qo‘shimcha anjomlar kerak bo‘lib qoladi. Yoz oxirida shakllangan qiziqish aynan kuzda haqiqiy xaridlarga aylanadi. Shu sababli sentabrning ilk haftalarida reklama kampaniyalarini to‘xtatish biznesning daromadining sezilarli qismini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.
Reklama huquqlari asosida.