Avgust oyida 21 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida 174 ming litr sifatsiz neft mahsuloti aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari sifatini tekshirish doirasida 129 ta AYQSh va korxonadan 170 dan ortiq namuna olingan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 21 ta AYQShda jami 174 ming litr neft mahsulotining sifatsizligi aniqlangan.
Sifatsiz neft mahsulotlarining sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
O‘zenergoinspeksiya avgustda 71,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida xabar bergandi. Qayd etilishicha, iste‘molchilar tomonidan 19 mln kilovatt-soat elektr energiyasi va 10 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Spot, avvalroq, O‘zbekistonda gaz, neft va ko‘mir qazib olish kamaydi, benzin va dizel ishlab chiqarish oshgani haqida yozgandi.