Prezident farmoni bilan Po‘lat Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bobojonov ushbu lavozimga 2025-yilning mart oyida tayinlagandi va bungacha u 2017-yil sentabrdan buyon Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlayotgandi.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish doirasida prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi.
Davlat mukofotlari va geraldika sohasidagi yagona siyosatni yuritish, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha yo‘nalishi etib belgilandi.
Mahalla instituti faoliyati samaradorligini oshirish esa Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha yo‘nalishiga aylantirildi.
Avvalroq G‘ofurjon Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari — Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Mirzayev shu munosabat bilan prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Avvalrpq Spot Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlangani haqida yozgandi.
Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.