Namangan aeroportida qariyb 1,1 mlrd so‘mlik qimmatbaho metallarni Hindistonga noqonuniy olib chiqishga urinishning oldi olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan−Dehli yo‘nalishida Hindistonga ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi besh nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada ular jami 555 gramm quyma oltin bo‘laklari va 200 gramm zargarlik buyumlarini ichki organlariga yashirib, xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qimmatbaho metallarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Spot, avvalroq, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $72 mlrddan oshgani haqida yozgandi.