O‘zbekiston Serbiyada temir yo‘l loyihalarini amalga oshirishga davlat kompaniyasi O‘zbekiston temir yo‘llarini jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston va Serbiya transport vazirliklari ikki loyiha va yo‘nalish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq tomonlar Serbiya temir yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jumladan, 200 km uzunlikdagi uchastka qurilishida O‘zbekiston ishtirokini ko‘rib chiqqan.
ISSV rahbari loyihani o‘zbek quruvchilari uchun Yevropa bozoriga chiqish uchun “katta imkoniyat” deb atadi.
“Bu o‘zbekistonlik quruvchilarga Yevropa bozoriga chiqish, Yevropada qurilish loyihalarini amalga oshirish imkonini beradigan va kelajakda yangi, shunga o‘xshash qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun juda mustahkam zamin yaratadigan birinchi loyiha bo‘ladi”, — dedi Qudratov.
ISSV rahbari bu loyihani o‘zbekistonlik quruvchilarning Yevropa bozoriga chiqishi uchun katta imkoniyat deb atadi.
8-sentabr kuni Serbiya qurilish, transport va infratuzilma vaziri Aleksandra Sofroniyevich hamda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov yo‘lovchi va yuklarni xalqaro avtomobil tashish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
Shuningdek, O‘rta koridorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum va temir yo‘l infratuzilmasi sohasidagi hamkorlik protokoli imzolandi.
Muzokaralarda O‘zbekiston temir yo‘llari boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov ham ishtirok etdi.
Avvalroq Spot Serbiya o‘zbekistonlik ishchilarni faol jalb qilmoqchiligi haqida yozgandi.