AQSh davlat kotibi Marko Rubio oktabr oyi o‘rtalarida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor ma‘lum qildi.

Rubio Samarqandga keladigan 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari vakillaridan iborat biznes delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Tashrif davomida u O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi C5+1 formatidagi uchrashuvda qatnashadi.

Muzokaralarda mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, energetika xavfsizligini mustahkamlash hamda C5+1 doirasidagi dolzarb mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga e‘tibor qaratiladi.

Shuningdek, Rubio Markaziy Osiyoda savdoni kengaytirish, xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish va iqtisodiy modernizatsiyani qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston rahbariyati hamda mintaqa davlatlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Spot, avvalroq, BlackRock TXMM konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishga ko‘maklashayotgani haqida yozgandi.