Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) negizida Qozog‘istonning yetakchi universitetlaridan biri — Narxoz University tarkibidagi Narxoz Business School (NBC) bilan hamkorlikda biznes ta’limining yangi yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi.

kimyo, kimyo international university in tashkent, reklama

Narxoz Business School QS Global MBA 2025 reytingiga ko‘ra Osiyoning top-50 biznes maktablari qatoriga kiradi. Shuningdek, maktab Association of MBAs (AMBA) va Business Graduates Association (BGA) xalqaro qo‘shma akkreditatsiyasiga ega. Bu ta’lim dasturlari, akademik muhit va boshqaruv tizimining biznes ta’limi bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

kimyo, kimyo international university in tashkent, reklama

AMBA akkreditatsiyasi jahon biznes ta’limi hamjamiyatining top-2 foiziga kiruvchi biznes maktablari dasturlarini birlashtiradi. Ushbu xalqaro tarmoqqa INSEAD, IMD, ESMT Berlin, London Business School va HEC Paris kabi nufuzli biznes maktablari kiradi.

kimyo, kimyo international university in tashkent, reklama

Xalqaro akkreditatsiya belgilangan standartlarga javob berish bilan cheklanmaydi. U ta’lim dasturlarini bozor talablari, ish beruvchilar fikri va bitiruvchilarning professional natijalarini hisobga olgan holda muntazam rivojlantirib borishni ham nazarda tutadi. Akkreditatsiyadan o‘tgan dasturlar tinglovchilari va bitiruvchilari 150 dan ortiq mamlakatdan qariyb 80 ming tinglovchi va bitiruvchini birlashtirgan AMBA global hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyatiga ega.

kimyo, kimyo international university in tashkent, reklama

Narxoz Business School 17 yillik faoliyati davomida MBA, Executive MBA, DBA va korporativ ta’lim dasturlari bo‘yicha 3000 dan ortiq tadbirkor, top-menejer va soha mutaxassislarini tayyorlagan.

KIUT va NBS hamkorligi doirasida MBA, Executive MBA va DBA dasturlari rus tilida amalga oshiriladi.

kimyo, kimyo international university in tashkent, reklama

Dasturlarning asosiy maqsadi — boshqaruv tafakkurini rivojlantirish, to‘plangan professional tajribani qayta tahlil qilish hamda tez o‘zgarayotgan iqtisodiy sharoitda biznes uchun yangi yechimlarni izlashga xizmat qiladigan muhit yaratish. Ta’lim jarayoni akademik ekspertiza, xalqaro tajriba va real boshqaruv vazifalari ustida ishlashni birlashtiradi.

kimyo, kimyo international university in tashkent, reklama

Ochilish marosimida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi Alisher Vahobov, Narxoz University prezidenti Kanat Kozhakhmet, Narxoz Business School dekani Gulnara Kurenkeyeva hamda Kimyo Business School prezidenti Ulug‘bek Vosiqov ishtirok etdi.

kimyo, kimyo international university in tashkent, reklama

Tadbir doirasida o‘zgarishlar davrida liderlik va boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan munozara, MBA, Executive MBA va DBA dasturlari taqdimoti hamda hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

kimyo, kimyo international university in tashkent, reklama

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Narxoz Business School qo‘shma loyihasi O‘zbekistonda biznes ta’limini rivojlantirish uchun yangi maydon yaratadi. Bu yerda boshqaruv tajribasi akademik ekspertiza, xalqaro amaliyot va professional muloqot bilan uyg‘unlashadi.

Sayt: kiut.uz
Facebook: fb.com/kiut.uz
Instagram: @kiut.uz_rasmiy
Telegram: t.me/kiut_official
YouTube: @kimyointernationaluniversity

Reklama huquqlari asosida.