Biznesga nom tanlash va uni ro‘yxatdan o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?

Bu oddiy jarayon bo‘lib ko‘rinsa-da, qonunchilik talablari va bir necha bosqichli tekshiruvlarni talab qiladi. Huquqshunos Iroda Yakubova Spot’ga brend va firma nomini mustaqil tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi hamda bepul ochiq bazalardan qanday foydalanish haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Uklon keysi: yangi bozorda jamoani agentliklarsiz qanday shakllantirish mumkin?

Uklon kompaniyasining rekruting bo‘limi rahbari Dariya Krujilina Spot’ga O‘zbekiston va Ozarbayjonda jamoalarni noldan qanday shakllantirgani, shuningdek, u nomzodlarni nimalar qiziqtirishi va xodimlarni topishda qaysi usullar samarali bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Davr Bank uchun $140 mln: ABB nega nazorat paketini sotib oldi va bu bozor uchun nimani anglatadi?

Spot mutaxassislar bilan suhbatlashib, Ozarbayjon Xalqaro bankining Davr Bank’dagi nazorat paketini sotib olish sabablari, bitimning baholanishi va xorijiy investorning O‘zbekiston bank bozoriga ta’sirini muhokama qildi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbek tilidagi SI agent: NavAI qanday qilib $150 ming investitsiya jalb qildi?

Spot NavAI hammuassisi Sardor Davlatov bilan suhbatlashdi. U loyihaning 0 so‘mdan boshlanishi, dastlabki mijozlar va $150 ming grant hamda investitsiyalar jalb qilinishi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Humo Air aviakompaniyasi davlatga qaytarilgach, yana sotuvga chiqariladi.
    Bu yil Shveysariyaning ValleyRoad Capital kompaniyasi bilan shartnoma uning majburiyatlarini bajarmagani sababli bekor qilindi.
  2. GM UzAuto Motors’ni xususiylashtirishda ustuvor huquqqa ega bo‘lmaydi — Davaktiv.
    Agentlik davlat aktivini har qanday investor ishtirok etishi mumkin bo‘lgan xalqaro savdolar orqali sotishni rejalashtirmoqda.
  3. Toshkent shahar soliq boshqarmasining sobiq rahbari talon-toroj qilishda ayblanib sudlanadi.
    Shuningdek, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti poytaxt boshqarmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Alisher G‘aniyev ham ayblanuvchi sifatida sudlanmoqda.
  4. Buxoroning eski shahar qismida elektroskuter va elektrosamokatlarda yurish cheklanadi.
    Cheklov mazkur hududda riksha, moped, to‘rt g‘ildirakli velosiped, karting, shuningdek, ot va tuyada harakatlanishga ham joriy etiladi.
  5. Milliy kutubxona ortidagi 1,3 gektar maydon avtoturargoh tashkil etish uchun auksionga chiqariladi.
    Maydondagi obyektdan foydalanish huquqi xususiy sherikka 10 yilga berilishi mumkin. Loyiha doirasida mavjud daraxtlar saqlanib qoladi.
  6. Anorbank va uning ta‘sischisi Qahramon Olimov atrofida nimalar sodir bo‘lmoqda? Tafsilotlar.
    The Insider nashrining yozishicha, go‘yoki Olimov qidiruvga berilgan. Markaziy bank va Anorbank bank odatdagi rejimda ishlashda davom etayotganini ta‘kidlamoqda.
  7. XDP yo‘lkira tariflarini oshirishda aholi daromadlarini hisobga olishga chaqirdi.
    Partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tariflar joriy etish hamda School Bus tizimida oilalarga qo‘shimcha moliyaviy yuk tushirmaslikni taklif qildi.
  8. Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.
    Shuningdek, Alfa-Group aksiyadori Mixail Fridman ham ro‘yxatdan chiqarildi. Shu bilan birga, boshqa sanksiyalar birdaniga 3 yilga uzaytirildi.
  9. Uzbekistan Airways IPO’si 2027-yilga qoldirildi.
    IPO 2026-yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan edi, biroq kompaniyaning puxta tayyorgarligi sabab 2027-yilga surildi.
  10. O‘zbekistonda ichimlik idishlarini qabul qiluvchi fandomatlar ishga tushirildi.
    Plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirganlarga har biri uchun 150 so‘mdan to‘lanadi. Mablag‘ni xayriyaga yo‘naltirish ham mumkin.
  11. Asakada avtomobilsozlik bo‘yicha muhandislik vodiysi tashkil etiladi.
    Shavkat Mirziyoyev sarmoyalarni yuqori qo‘shilgan qiymat, zamonaviy texnologiya va barqaror ish o‘rinlari yaratadigan yo‘nalishlarga jalb qilishga chaqirdi.
  12. 2027-yil iyuldan O‘zbekistonda energiya tariflarini hisoblash uchun raqamli platforma ishga tushiriladi.
    O‘zenergoinspeksiya sohada qoidabuzarliklarning oldini olish va ularni erta aniqlashga o‘tadi.
  13. Kredit uchun garov talabi yengillashtiriladi.
    Endi 500 mln so‘mgacha kredit olishda biznes-reja talab etilmaydi. Mablag‘lar tadbirkorning pul oqimiga qarab ajratiladi.
  14. O‘zbekiston Anorbank ta’sischisi Qahramonjon Olimovni xalqaro qidiruvga berdi.
    Interpol saytida qidiruvga berilish sababi ko‘rsatilmagan. Anorbank esa aksiyadori bilan bog‘liq vaziyat bank faoliyatiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.
  15. Toshkentda ushlangan transportlarni jarima maydonchasiga olib borish tartibi belgilandi.
    Transportni boshqarishdan chetlashtirish nazarda tutilgan holatlarda avtomobillar jarima maydonchasiga faqat maxsus texnika yordamida olib boriladi.