Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi tomonidan tibbiy jihozlarni xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan, boshlang‘ich narxi 14 mlrd so‘m bo‘lgan tender bekor qilindi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita Skymed-Technologies korxonasi murojaati asosida tender savdolarining “Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablariga muvofiqligini o‘rgandi.
O‘rganish natijasida Xaridlar markazi tomonidan qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablariga rioya qilinmagani aniqlandi.
Xususan, savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘yilgan. Shundan so‘ng tender belgilangan tartibda bekor qilindi.
Spot, avvalroq, Davaktiv UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain xususiylashtirilishi bo‘yicha tender e’lon qilishi haqida yozgandi.