Nobel qo‘mitasi fizika bo‘yicha 2026-yilgi mukofot laureati Frensis Xalzen bo‘lganini e’lon qildi.

Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasining ta’kidlashicha, mukofot “IceCube neytrino observatoriyasini yaratishdagi hal qiluvchi hissasi va astrofizik kelib chiqishga ega yuqori energiyali neytrinolarni kashf etilgani uchun” berilgan.

Frensis Xalzen astronomiyaning mutlaqo yangi yo‘nalishiga asos soldi. Uning g‘oyasi Janubiy qutbdagi muzliklardan neytrino deb ataladigan, ko‘zga ko‘rinmas zarrachalarni aniqlash uchun foydalanishdan iborat edi.

Natijada uzoq koinotdan kelayotgan neytrinolarni kuzatish imkonini beruvchi IceCube neytrino observatoriyasi yaratildi.

2025-yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti kvant mexanikasidagi kashfiyot uchun berilgandi. Olimlar Jon Klark, Mishel Devore va Jon Martinis elektr zanjirida makroskopik kvant-mexanik tunnellashtirish va energiyani kvantlashni kashf etgan.

2024-yilgi mukofot esa amerikalik olimlar Jon Xopfild va Jeffri Xintonga sunʼiy neyron tarmoqlardan foydalangan holda mashinali o‘qitish imkonini beruvchi fundamental kashfiyotlar va ixtirolar uchun taqdim etilgandi.