Euroasia Insurance ixtiyoriy sug‘urta polislarini xarid qilishda 20% keshbek taqdim etadi. Qaytariladigan summa tanlangan polis narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Shu sababli sug‘urtani rasmiylashtirishdan oldin mijoz qancha keshbek olishini oldindan hisoblash mumkin.

Qanday foyda bor?

Keshbek — bu polisni onlayn xarid qilish uchun sarflangan pulning bir qismini qaytarishdir.

Masalan, KASKO polisi 1 mln so‘m tursa, keshbek miqdori 200 ming so‘mni tashkil qiladi. Keshbek qaytarilgandan so‘ng sug‘urta uchun amaldagi xarajat 800 ming so‘m bo‘ladi.

Boshqa ixtiyoriy sug‘urta mahsulotlarida ham keshbek shu tartibda hisoblanadi. Masalan, polis narxi 500 ming so‘m bo‘lsa, 100 ming so‘m bank kartasiga qaytariladi.

Mijoz ehtiyojiga qarab mos sug‘urta mahsulotini tanlashi mumkin: avtomobilni KASKO yoki EUROKASKO bilan himoyalash, safar oldidan sayohat sug‘urtasini rasmiylashtirish, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanish yoki mol-mulk va texnikani sug‘urtalash.

Keshbekni qanday olish mumkin?

Polisni Euroasia Insurance saytida xarid qilish mumkin:

  • ixtiyoriy sug‘urta mahsulotini tanlab, polisni onlayn rasmiylashtirish kerak;
  • polis uchun to‘lovni amalga oshirish kerak;
  • to‘lovdan so‘ng mijozga 20% keshbek hisoblanadi;
  • keshbekni olish uchun bank kartasi raqamini kiritish kerak;
  • zarur bo‘lsa, boshqa jismoniy shaxsning, masalan, qarindoshning bank kartasini ham ko‘rsatish mumkin;
  • keshbekni keyinroq shaxsiy kabinetdagi “Keshbekni yechib olish” tugmasi orqali ham bank kartasiga o‘tkazish mumkin.

Barcha jarayon masofadan turib amalga oshiriladi — sug‘urta mahsulotini tanlashdan tortib polis uchun to‘lovni amalga oshirishgacha.

Euroasia Insurance saytida sug‘urtani onlayn xarid qilish va keshbekni olish mumkin.

Biznes uchun sayt.

Aloqa markazi: 1147.

Sayt: eai.uz
Instagram: @eai.uz
Telegram: t.me/EuroasiaInsurance

Reklama huquqlari asosida.