Yangi uylar bozorida xaridorlar ko‘pincha kalitlarni oylab kutayotgan bir paytda Vatan Qurilish kompaniyasi “Yangi Qo‘yliq 1"dagi 3 ming xonadonni topshirishni yakunladi. Kadastr hujjatlari aprel oyidan beri tayyor, loyiha to‘liq sotib bo‘lingan, kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra esa ayrim xonadonlarning narxi kvadrat metri uchun 6 mln so‘mdan 12 mln so‘mgacha oshgan.
Birinchi loyiha natijalari
“Yangi Qo‘yliq 1"ning ikkinchi va uchinchi bloklarida xonadon egalariga kalitlar topshirildi. Kadastr hujjatlari 2026-yil aprel oyida olindi.
Birinchi loyihada quruvchi tomonidan sotiladigan xonadonlar qolmadi. Takliflar faqat ikkilamchi bozorda — mulkdorlarning o‘zida mavjud.

“Yangi Qo‘yliq 1” binolari
Narx ikki baravar oshdi
2024-yilda birinchi loyihadagi ayrim xonadonlar kvadrat metri taxminan 6 mln so‘mdan sotilgan. Keyinchalik ularning narxi 12 mln so‘mga yetdi.
“Baʼzilar o‘ziga ikkinchi, uchinchi xonadonni sotib olmoqda. Ko‘pchilik bizni do‘stlari va qarindoshlariga tavsiya qiladi. Yangi mijozlarning aksariyati aynan avvalgi xaridorlarimizning tavsiyasi bilan keladi”, — dedi Vatan Qurilish kompaniyasi asoschisi va rahbari Xojimurod Xayitmuradov.

10 mingdan ortiq xonadon — va bu birinchi loyiha emas
“Yangi Qo‘yliq” — kompaniyaning ilk loyihasi emas. Bugungi kunga qadar Vatan Qurilish kompaniyasi poytaxtning turli tumanlarida 10 mingdan ortiq xonadonni egalariga topshirgan.
Yakkasaroy tumani:
- “Yakkasaroy” TJM (2015);
- “Madrid” TJM (2019);
- Yakkasaroy City Mall (2023).
Yunusobod tumani:
- “IKAT” TJM (2024).
Shuningdek, kompaniya “Qo‘yliq Katta Bozori"ni qurgan.

Vatan Qurilish kompaniyasi tomonidan qurilib, egalariga topshirilgan turar joy majmualari
Keyingi qadam: “Yangi Qo‘yliq 2”
Ikkinchi loyiha savdosi avgust oyida boshlandi, qurilish ishlari allaqachon olib borilmoqda. Bu yerda kompaniya yana 3,5 ming xonadon qurishni rejalashtirgan. Shartlar:
- narxi kvadrat metri uchun 7 mln so‘mdan;
- oylik to‘lov 4 mln so‘mdan;
- penya va jarimalarsiz 40 oylik muddatli to‘lov;
- to‘liq to‘lovda — 33 foizgacha chegirma.

“Yangi Qo‘yliq 2” loyihasi
Shuningdek, quruvchi uy-joyni topshirish muddati buzilgan taqdirda 40 foizgacha jarima to‘lashini maʼlum qilgan. Uni hisoblash tartibi shartnomada belgilanadi.
Qurilish Yangi Toshkentda ham, Hasanboyda ham davom etmoqda
Ayni paytda Vatan Qurilish kompaniyasi yana ikkita turar joy majmuasini barpo etmoqda:
- “Ostona” — Yangi Toshkentdagi biznes-klass turar joy majmuasi. Topshirish muddati: 2027-yil IV choragi;
- “O‘rmon Saroyi” — Toshkent tumani, Hasanboydagi turar joy majmuasi. Topshirish muddati: 2027-yil IV choragi.


Bundan tashqari, kompaniya “Yangi Qo‘yliq 4” loyihasini eʼlon qilishga tayyorlanmoqda.

“Yangi Qo‘yliq”: turar joy va savdo hududining bosh rejasi
Majmua Yangi Toshkent, Qo‘yliq Katta Bozori va Food City yaqinida joylashgan. Turar joy va savdo obyektlarini o‘z ichiga olgan umumiy hudud — qariyb 53 gektar.
Vatan Qurilish kompaniyasi — 2013-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan oilaviy biznes. Qurilish jarayoni va yangi loyihalarni Xojimurod Xayitmuradovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib borish mumkin — u yerda u ishlar qanday ketayotganini shaxsan ko‘rsatib boradi.
Telefon: (+998) 55−515−01−00.
Instagram: @vatan.uzbekistan
Reklama huquqlari asosida.

