Ozarbayjon maktablarida TikTok va 200 dan ortiq zararli kontentga kirish cheklandi. Bu haqda mamlakat fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Firudin Gurbanov ma’lum qildi.
Gurbanovning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar jinoyatchilik, giyohvand moddalar, zo‘ravonlik va boshqa zararli materiallarni targ‘ib qiluvchi kontentlarni qamrab oladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu choralar o‘quvchilarni internetdagi zararli axborotdan himoya qilishga qaratilgan.
Gurbanovning ta’kidlashicha, bolalarni zararli kontentdan himoya qilishda ota-onalar ham faol ishtirok etishi kerak.
Bunda nafaqat internetga kirishni cheklash, balki bolalarning raqamli savodxonligini oshirish va ularga internetdan xavfsiz foydalanishni o‘rgatish ham muhim hisoblanadi.
Cheklovlar maktablarning internet tarmog‘iga taalluqli. TikTok’ning Ozarbayjon bo‘ylab barcha foydalanuvchilar uchun to‘liq bloklangani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
TikTok’ga kirish cheklangani haqida Ozarbayjon rasmiylari 2026-yil 8-iyunda ham ma’lumot bergan. O‘shanda maktablarda internet filtrlab borilishi, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar va boshqa xavfli mavzularga oid resurslarga kirish cheklangani aytilgan.
Mutaxassis Osman Gunduzning izohiga ko‘ra, loyihada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ayrim ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishini cheklash, 16−18 yoshdagilar uchun esa ota-ona roziligi va qo‘shimcha xavfsizlik talablarini joriy etish masalalari ko‘tarilgan.
Avvalroq Spot Germaniya 13 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlarni cheklamoqchi ekanligi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, mamlakatda faqat bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan platformalarga ruxsat beriladi.