Oxirgi o‘n kunda O‘zbekistonda mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi biroz oshib, avtokreditlarniki pasaydi, deya keltirilmoqda Markaziy bank ma’lumotlarida.
Joriy yilning 23-noyabr holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,6% dan 22,4% gacha pasaydi. Yuridik shaxslarga berilayotgan kreditlarniki esa 22,7% dan 22,9% gacha oshdi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi bir haftada 27,5% dan 27,6% gacha (+0,1 foiz band) oshdi.
Eng past stavka 21,8% bilan Mikrokreditbankda qayd etildi, bu ko‘rsatkich o‘zgarmagan. Undan keyin Asakabank (22,3%, o‘zgarishsiz), Trastbank (23,9%, -0,2 f.b.) va Infinbank (24%, o‘zgarishsiz) turadi.
Eng yuqori stavkalar AVO bank (39,9%, o‘zgarishsiz), Uzum bank (38%, o‘zgarishsiz) va Ipak yo‘li bankda (36%, +0,5 f.b.) saqlanib qolmoqda. TBC bank esa mikroqarz stavkasini bir haftada 37,4% dan 33,6% gacha tushirdi.
Avtokreditlar
Avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi bir haftada 22% dan 21,9% gacha pasaydi.
Eng arzon avtokreditlar Asakabank (19%, +0,3 f.b.), Ipoteka-bank (19,4%, +1,1 f.b.) va Aloqabankda (20%, +0,7 f.b.) qayd etildi. Apex Bank stavkasini 18,4% dan 20,5% gacha oshirdi. cbu
Eng qimmat avtokreditlar Anorbank (29,7%), Agrobank (28%) va Hamkorbankda (27,8%) qayd etildi. Anorbank stavkasi bir haftada 27% dan 29,7% gacha oshgan. cbu
Ipoteka
Ipoteka kreditlarining o‘rtacha stavkasi 21,8% da o‘zgarishsiz qoldi. Eng past stavkalarni Octobank (20,3%), Kapitalbank (20,8%) va Biznesni rivojlantirish banki (20,9%) taklif qilmoqda. Eng yuqori stavkalar Asia Alliance Bank (26%), Davr bank (25,2%) va Mikrokreditbankda (24,9%).
Biznes kreditlari
Asosiy vositalar xaridi uchun yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarning o‘rtacha stavkasi 22,8% dan 22,5% gacha pasaydi. Eng past stavka Ipoteka Bankda (19,4%), undan keyin Aloqabank (20,3%) va O‘zbekiston Milliy bankida (20,7%). Eng yuqorisi Garant bankda (27%).
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilayotgan kreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 22,8% dan 23% gacha oshdi. Bu segmentda eng past stavkalar Ipak yo‘li bank (19,9%) va Aloqabankda (20,2%), eng yuqorilari Tayanch bank (32,9%) va TBC bankda (32%).
Markaziy bankning qayd etishicha, yakuniy foiz stavkasi kredit muddati, garov likvidligi, bankning ichki kredit siyosati va bozor sharoitidan kelib chiqib, har bir mijoz uchun individual belgilanadi.
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Markaziy bank raisi Timur Ishmetov kredit stavkalari inflyatsiya, depozitlar qiymati va moliyaviy xatarlarga bog‘liq ekanligini qayd etgan edi.
Avvalroq Spot Markaziy bank O‘zbekistonda kreditlar nega qimmatligini izohlagani haqida yozgandi.




