2019 yil I chorakdagi pul-kredit siyosati sharhiga ko’ra, jami transchegaraviy pul o‘tkazmalari xajmi 1,1 mlrd $ni (o‘tgan yilning mos davriga 12,1%ga o‘sish) tashkil qildi.

Aholi tomonidan jami 612 mln $ga teng xorijiy valyuta (yoki jami transchegaraviy o‘tkazmalarning 57,5%i) banklarga sotilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 45,6%ni tashkil qilgan etdi.

Aholi tomonidan tijorat banklaridan sotib olingan jami xorijiy valyutalar 255 mln $ga (2018 yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga ko‘p) teng bo‘ldi.

2019 yilning I choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan yalpi talab 2.7 mlrd $ni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 30,4%ni tashkil qildi.

Xususan, valyuta bozoridagi talabning 914 mln $i yoki 33,9%i Markaziy bankning intervensiyalari hisobiga qoplandi va intervensiyalar ushbu davr mobaynidagi jami sotib olingan monetar oltin (925 mln $) miqdori doirasida bo‘ldi.

Ilgari Spot inflyatsiya darajasi kutilgandan past darajada bo‘lgani haqida xabar bergan edi.