Innovatsion rivojlanish vazirligida E-Line Kazakhstan kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida vazir o‘rinbosari va kompaniya bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Bunda elektromobillarni ishlab chiqarish borasida o‘zaro hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishib olindi.

Mazkur loyiha mamlakatda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish bilan birga, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga hamda muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O’zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarilishiga doir bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2018 yil sentyabr oyida joriy yil oxiriga qadar Asakada elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishilgani haqida O’zA ma’lum qilgan edi.

Hyundai elektromobillari Qo’qon EIZ hududida ishlab chiqariladi. Loyiha ishga tushirilishi 2023 yilga mo’ljallangan bo’lib, ishlab chiqarish quvvati — 10 ming dona elektromobil.

“O'zavtosanoat” elektromobillar uchun infratuzilma yaratish ustida ishlamoqda. Kompaniya kerakli infratuzilmani hozirdan yaratish maqsadida bir nechta idoralar bilan ish olib bormoqda.

Ilgari Spot O‘zbekistonga olti oyda 20 ta elektromobil olib kirilgani haqida xabar bergan edi.

E-line — bu AC / DC zaryad stansiyalarini ishlab chiqaradigan va bozorda mavjud bo’lgan taniqli qismlardan foydalangan holda innovatsion dasturiy ta’minotni, innovatsion brendni ishlab chiqaradigan xalqaro kompaniya.