Sog‘liqni saqlash vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan shifokor qabuliga yozilish va elektron roʻyxatdan oʻtishning yagona tizimi “Elektron poliklinika” ishga tushirildi.

Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Hozirda Toshkent shahri va viloyatlarning koʻplab oilaviy poliklinikalari mazkur tizimga ulangan.

Uning yordamida fuqarolar uydan chiqmagan holda shifokor qabuliga yozilishlari, shifokor va muassasa haqida ma’lumotlar olishlari, shuningdek, olingan tibbiy xizmat sifatini baholashlari mumkin. Oilaviy poliklinikalar esa aholi ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazishi, yagona elektron ambulatoriya tibbiy kartasini yuritishi mumkin bo‘ladi.

Ayni vaqtda “Elektron poliklinika” tizimiga Toshkent shahri va viloyatlarning bir necha oilaviy poliklinikalari ulangan boʻlib, respublika bo‘ylab qolgan poliklinikalar ulanmoqda.