Majid Al Futtaim savdo tarmog’i UzOman bilan muhim hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda Carrefourning O’zbekistondagi rasmiy sayti xabar beradi. Shartnoma uzoq yilga mo’ljallangan bo’lib, O’zbekistonda riteyl sohasini rivojlantirishni ko’zda tutadi.

Ikkita gipermarketning ochilishi joriy yilning mart-aprel oylariga rejalashtirilgan. Do’konlar UzOmanga tegishli bo’lgan eng yirik Samarqand Darvoza va Compass savdo-ko'ngilochar markazlarida joylashadi.

Avvalroq Spot, Toshkentda Carrefour kompaniyasining birinchi supermarketi o’tgan yilning dekabr oyida ochilganligi haqida yozgan edi.

O’zbekistonning Carrefour kompaniyasi bosh menejeri retail tarmog’idagi faoliyatning kengayishi mamlakat iqtisodiyoti va aholi uchun foyda olib kelishiga ishonmoqda.

“UzOman bilan hamkorlogimiz har kuni, har kim uchun ajoyib daqiqalarni yaratib, shu bilan birga ish o’rinlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga imkon beradi”, — dedi menejer Gyu Taeg Kim.

Bunga javoban UzOman eng yirik chakana savdo tarmog’laridan biri bilan hamkorlik qilishdan mamnunligi bildirib o’tgan.

Majid Al Futtaim bilan strategik hamkorlik kompaniyamizning sarmoyadorlar biznesini rivojlantirish, O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishini jadallashtirish uchun sheriklik aloqalarini o’rnatish falsafasiga sodiqligini namoyish etadi", — dedi UzOman investitsiyalar bo’yicha direktori Salim Al Ma’mari.

Oldinroq Spot, Qozog’istonning Magnum Cash&Carry supermarketlari O’zbekistonda ochilishi va bu Carrefour tarmog’iga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida yozgan edi.