“Naqdlashtiruvchi firmalar” haqida Spot ma’lumotlar berib kelayotgan edi.

Davlat soliq qo‘mitasi avvalroq qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirish hamda “halol” tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, soliqlarni to‘lashdan qochishning turli yo‘llaridan foydalangan 396 ta “Shubhali” korxonalar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Mutaxasssislar tomonidan olib borilgan tahlillar natijasida shubhali tadbirkorlik sub’ektlari soni bundan ham ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Tahlika- tahlil dasturi orqali olib borilgan ishlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, dastlabki aniqlangan 396 ta shubhali korxona qatoriga yana 129 ta korxona qo‘shilib, ular soni 525 taga yetdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu shubhali korxonalar kontragentlarining shaxsiy kabinetlari orqali asossiz hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga tuzatish kiritishlari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi.

Korxonalarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.

Avvalroq Spot, Davlat soliq qo‘mitasi “naqdlashtiruvchi firmalar” bilan kurashishni boshlagani haqida xabar bergan edi.