2021-yil 8-martdan SCAT aviakompaniyasi Oqtov va Urganch o’rtasida haftasiga 2 marotaba parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqida Qozog’iston Respublikasi Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi fuqaro aviatsiyasi qo’mitasi rasmiy saytida ma’lumot beriladi.

Reyslar dushanba va chorshanba kunlari B-737 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilingan holda va aviakompaniya saytida e’lon qilingan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Avvalroq Spot, Rossiya bilan muntazam qatnovlar mart-aprel oyida yo’lga qo’yilishiu mumkinligi haqida xabar bergan edi.