Rostex davlat korporatsiyasining “Shvabe” xoldingi Toshkent viloyatining ma’muriy markazi — Nurafshon shahrida “aqlli shahar” yaratish loyihasida ishtirok etadi. Uch tomonlama bitim xalqaro “INNOPROM: O’zbekistonda 2021-yilgi yirik sanoat haftaligi” ko’rgazmasi vaqtida imzolandi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati Spotga xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va O’zbekiston sarmoyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ishtirokida hujjatni “Shvabe” bosh direktorining birinchi o’rinbosari — ishlab chiqarish va sanoat siyosati bo’yicha direktor Vadim Kalyugin, “UzEkolos” kompaniyasi vakili Artyom Tonyan va Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish bo’yicha direktsiya rahbari Sarvar Qodirov hujjatni imzolashdi.

“Shvabe” xoldingi kelishuvga binoan loyihani amalga oshirish uchun bir qator mahsulotlarni, shu jumladan optikani, tibbiy va sanoat uskunalarini, shuningdek, “aqlli shahar” uchun kompleks yechimlarni taklif etadi — yoritish, energiya tejash, xavfsizlik, suvni tozalash va chiqindi suvlarni yo’q qilish tizimlari", — deb tomonlarning bitimidan so’ng o’z fikrlari bilan or’toqlashdi Vadim Kalyugin.

“Nurafshon Business City” — bu “aqlli shahar” elementlariga ega bo’lgan O’zbekistondagi birinchi loyihadir. Loyihaning umumiy maydoni 246,2 gektarni tashkil etadi. Sarvar Qodirov ta’kidlaganidek, rossiyalik hamkorlar tomonidan tatbiq etilishi rejalashtirilgan kollektor aloqa tizimining texnologiyasi O’zbekistonda shaharsozlik texnologiyalarini rivojlantirishda yangi bosqichga aylanadi.

“Nurafshon shahrida ma’muriy markazni qurish va jihozlash — bu tomonlarning har biridan maksimal darajada professionallik va fidoyilikni talab qiladigan keng ko’lamli kompleks loyihadir. “Shvabe” xoldingi mutaxassislarining malakasi va tajribasini inobatga olgan holda, ularning loyihadagi ishtiroki belgilangan vazifalarni o’z vaqtida eng yuqori darajada bajarilishini kafolatlaydi “, — dedi Artyom Tonyan.

Loyihaga “Shvabe” energiya tejaydigan yoritish uskunalari, aqlli transport tizimi elementlari, shu jumladan “aqlli” svetoforlar, foto va video yozuvlar tizimlari, shuningdek suv tozalash va chiqindi suvlarni yo’q qilish tizimlari, tibbiy asbob-uskunalar va Rostex kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy maxsus transport vositalari jalb qilinishi mumkin.

Avvalroq Spot, Toshkentda yirik sanoat haftaligi bo’lib o’tishi haqida xabar bergan edi.