Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, “INTERPAY SYS” MCHJga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.

To’lov tashkilotlarining soni ko’payib borayotgani qonunchilikning yaxshi ishlayotganidan dalolatdir. Ushbu xizmatlarning aksariyati deyarli 10 yildan buyon ishlab kelmoqda, ammo rasmiylar to’lov tashkilotining konseptsiyasi va litsenziyalar berishni faqat o’tgan yili joriy qildilar.

Regulyator tomonidan ro’yxati shakllantirib boriladigan tashkilotlarning 2021-yilning aprel oyiga kelib 24 taga yetdi. Bular:

  1. CLICK.
  2. OSON.
  3. Payme.
  4. Paymo.
  5. Paybox.
  6. Upay.
  7. “Uzbekiston pochtasi”.
  8. EcoPay.
  9. Paysys.
  10. alif.mobi.
  11. WOOPPAY.
  12. QR-pay.
  13. MyUzcard.
  14. GlobalPay.
  15. ATTO.
  16. MARTA.
  17. WEBSUM.
  18. YurtPay.
  19. Choykhona.
  20. ZPLAT.
  21. A-Pay.
  22. Tez Pay.
  23. PayLoad.
  24. INTERPAY SYS.

Avvalroq Spot, “PAYLOAD” MCHJga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi haqida xabar bergan edi.