IT Park va O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorikda amalga oshirilayotgan “Future Skills Uzbekistan” loyihasi ishtirokchilari loyiha doirasidagi mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqida IT Park sayti xabar beradi.

Respublika bo‘ylab jami 510 nafar yoshlar mashg‘ulotlarni boshladilar. Guruhlarga qabul hali ham davom etmoqda.

“Future Skills Uzbekistan” — bu Axborot texnologiyalari bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi orqali yuqori malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida tashkil etilgan loyiha.

Keng qamrovli o‘quv dasturi 9 oy davom etadi va yana 6 hudud, O‘zbekiston Respublikasi poytaxti va Qoraqalpog’iston Respublikasini qamrab oladi.

Talablar:

Dastur ishtirokchisiga aylanish uchun 16 yoshdan katta, ish bilan ta’minlanmagan bo‘lishingiz, shuningdek, mantiq, kompyuter savodxonligi va ingliz tili bilim darajalari sinov testlaridan o‘tishingiz lozim.

Dastur narxi — oyiga 400 000.

Ish qidirayotganlar, ishsiz fuqarolar o‘qish summasining 50 foizi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholi bandligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi (umumiy loyiha ishtirokchilari sonining 70 foiz miqdorida).

50 foizi esa, potentsial ish beruvchi yoki ishtirokchi tomonidan qoplanadi.

Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishsizlar va ish qidirayotgan ishtirokchilar 30 foizining o‘quv summasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Batafsil ma‘lumot va ro‘yxatdan o‘tish bu yerda.

Avvalroq Spot IT mutaxassislar uchun “Future Skills Uzbekistan” yangi o‘quv dasturiga start berilganligi haqida xabar bergan edi.