Markaziy bank ommabop audioservislarda ta’lim podkastlari seriyasini taqdim etdi. Bu haqda MB telegram kanali xabar beradi.

Aholi moliyaviy savodxonligini oshirish hamda foydalanuvchilarga ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim etish maqsadida “Yandeks.Muzыka” va “Spotify” kabi ommabop audioservislarda Finlit.uz axborot-ta'lim veb-sayti podkastlari shunday nom ostida e’tiboringizga havola etib boriladi.

Ikki tildagi podkastlar (rus va o‘zbek) sizga keng ommaga tushunarli, oddiy tilda moliyaviy xavfsizlik va moliyaviy madaniyatni shakllantirish to‘g‘risida so‘zlab beradi.

Moliyaviy savodxonlik to‘g‘risida podkastlarni quyidagi havolalar orqali tinglash mumkin:

Ma’lumot uchun moliyaviy savodxonlik bo’yicha Markaziy bank fevral oyida saytni ishga tushirgan edi.