2021-yilning 3-may kuni “ACWA Power”, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida shamol energetikasi loyihasini amalga oshirish тўғрисидабитим imzolandi.

Mazkur loyiha Qoraqalpog‘istonda 1500 MVt quvvatga ega shamol energetikasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishdan iborat bo‘lib, u foydalanishga topshirilgandan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasiga aylanadi.

“Ushbu loyiha mamlakatingiz uchun yana bir muhim yutuq hisoblanib, „ACWA Power“ kompaniyasining ulkan qayta tiklanadigan energiya manbalari va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatingiz bilan hamkorlikda ishlashga sodiqligini kuchaytiradi”, — dedi Saudiya Arabistoni kompaniyasi raisi Muhammad Abunayyan.

Loyiha taxminan 4 million xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va yiliga taxminan 2,5 million tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda. Bu Hukumatning o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun o‘n yil ichida qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish maqsadlariga bevosita hissa qo‘shadi.

“ACWA Power” kompaniyasi shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yil boshida tuzilgan umumiy ishlab chiqarish quvvati 1000 MVt bo‘lgan ikkita shamol energetikasi loyihasining investori hisoblanadi.

Bu borada elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnomalar (PPA) va investitsiya shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, Saudiya kompaniyasi Sirdaryoda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan, umumiy quvvati 1500 MVt ga teng bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.