2021-yilning 1-may holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 439927 ta boʻlib, shundan xususiy korxonalar soni 91738 tani (20,9%) tashkil etmoqda. Bu haqda davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Unda aytilishicha, faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori koʻrsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Toshkent shahri — 12909 ta
  • Fargʻona viloyati — 11190 ta
  • Qashqadaryo viloyati — 9768 ta
  • Surxondaryo viloyati — 7307 ta
  • Namangan viloyati — 7286 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • savdoda — 35387 ta
  • sanoatda — 16334 ta
  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda — 8003 ta
  • qurilishda — 7732 ta
  • qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida — 6662 ta

Avvalroq Spot, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi xabar bergan edi.