Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlardagi ishbilarmonlik faoliyati yuzasidan monitoring oʻtkazdi. Unga koʻra, respublikaning soliq tushumlari hajmi joriy yilning 1-yanvaridan 30-apreligacha boʻlgan davrda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 29,5% ga oʻsdi. Shu bilan birga, soliq tushumlarining sezilarli darajada oʻsishi Navoiy (37,6%), Qashqadaryo (34,2%), Xorazm (32,2%), Jizzax (31,8%) viloyatlari, Toshkent (35,4%) shahrida kuzatildi.

“Soliq tushumlarining oʻsishi pandemiyadan keyin ishbilarmonlik faoliyatini tiklashning bevosita natijasidir, bu yesa kichik va oʻrta biznes va jismoniy shaxslarning daromadlarini oshirishga olib keldi”, — deyilgan monitoringda.

Tahlil qilinayotgan davrda bojxona toʻlovlaridan tushumlar 44,6% ga oʻsdi. Tushumlar hajmining eng katta oʻsishi Jizzax (3 barobar), Sirdaryo (2,3 barobar), Fargʻona (2,1 barobar), Namangan (95,8%) viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (78,8%) qayd etildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan buyon oʻtgan yilning shu davriga nisbatan tovarlarni eksport qilish hajmi 36,3% ga oshdi. Mahsulotlar eksporti hajmining oʻsishi Jizzax (2 barobar), Sirdaryo (93,5%), Andijon (78,4%), Buxoro (69,4%) va Toshkent (53,0%) viloyatlariga toʻgʻri keldi.

Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Tahlil qilingan davr uchun tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 25,3% ga oʻsdi. Berilgan kreditlar hajmining eng katta oʻsishi Surxondaryo (71,7%), Navoiy (70,3%), Xorazm (45,6%), Buxoro (44,4%) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (34,1%) kuzatilmoqda.

Ushbu davrda 35 982 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, ularning eng koʻp soni Qashqadaryo (4 238), Samarqand (3 151), Toshkent (3 062), Fargʻona (2 832) viloyatlari va Toshkent (6 296) viloyatlarida roʻyxatga olingan.

Tahlil qilinayotgan davrda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 55,2% ga oshdi.

Birja faolligining sezilarli oʻsishi Buxoro (87,3%), Toshkent (80,5%), Namangan (62,9%), Fargʻona (58,7%) viloyatlarida va Toshkent (2,2 barobar) shahrida kuzatilmoqda.