Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyun holatiga savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 15 180 tani tashkil etdi.

Shuningdek, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tashkil etilgan korxonalar quyidagicha koʻrinish oldi:

  • sanoatda — 9 278 ta
  • qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida — 6 998 ta
  • qurilishda — 3 025 ta
  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda — 2 653 ta
  • axborot va aloqada — 1 116 ta
  • tashish va saqlashda — 1 113 ta
  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda — 734 ta
  • boshqa sohalarda — 5 438 ta

Avvalroq Spot, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi haqida yozgan edi.