Joriy yilning 4-iyulidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent — Tbilisi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yakshanba kuni qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi.

Haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.

Aviachipta narxlari:
Toshkent — Tbilisi 2 340 000 so’mdan boshlanadi.
Toshkent — Tbilisi — Toshkent 4 070 000 so’mdan boshlanadi.

Yakshanba kunidagi yangi aviaqatnovning uchish vaqti:
Toshkentdan uchish: 08:10
Tbilisiga kelish: 10:30
Tbilisidan uchish: 11:30
Toshkentga kelish: 15:30

Eslatib o’tamiz, Gruziyaga muntazam qatnovlar joriy yilning 30-martidan boshlab qayta tiklangan edi.