Joriy yilning iyul oyidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Samarqand — Istanbul — Samarqand yoʻnalishida haftasiga uch marttagacha muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Aviaqatnovlar dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Yoʻlovchilar Samarqand — Istanbul yoʻnalishida aviachiptalarni 2 935 000 soʻmdan sotib olishlari mumkin. Samarqand — Istanbul — Samarqand yoʻnalishida aviachipta narxi 4 282 000 soʻmdan boshlanadi.

Avvalroq Spot, “Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 4-iyuldan boshlab “Urganch — Istanbul — Urganch” yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlar tiklanganligini haqidaxabar bergan edi.