Bugun Microsoft tizimidagi kompyuter va noutbuklar uchun Windows 11 operatsion sistemasi taqdimoti o’tkaziladi. Bu haqda Universal IT telegram kanali xabar beradi.

  • 24-iyun kuni bo’ladigan tadbir vaqti 11:00 da ekanligi;
  • Tadbirdagi taklifnoma suratidagi oynalardan tushgan yorug’likda 11 raqami aks etgani;
  • Windows’ning rasmiy YouTube sahifasida roppa-rosa 11 minutlik video qo’yilgani;
  • Microsoft o’z Twitter’ida miyaga dam berish haqidagi maqola rasmida ham pauza belgisi 11 raqamiga o’xshashligi;
  • Windows 10-ning tugatilish sanasi ma’lum qilinganligi;

Shuningdek, 15−16-iyun kunlari avvaliga Windows 11 skrinshotlari, fon rasmlari, startup ovozlari keyin esa butun boshli Windows 11-ning o’zi internetda virus kabi tarqaldi. Tarqalgan Windows 11 versiyasi Developer uchun berilgan versiya bo’lgan va hali u to’liq bo’lmagan. Bunga javoban Windows o’z Twitter’ida “Bu hali boshlanishi” deb tvit qoldirgan.

Ko’pchilik tarqalib ketgan Windows 11'ga uncha ishonmadi va uni yolg’onga chiqarmoqda. Biroq Microsoft Windows 11'ni yuklab olish yo’l ochib bergan Beebom sahifasidan uni o’chirishni so’rab Google’ga so’rov yuborgan va bu qisman Microsoft’ning Windows 11 sistemasi rostdan mavjudligiga yana bir isbotdir.

Windows 11 va Windows 10 operatsion sistemalari sinovdan o’tkazilganida Windows 11 avvalgi Windows 10'ga qaraganda ancha tezroq ishlashi ma’lum bo’lgan.