28-iyun kuni Facebook kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi $1 trln oshgani haqida xabar beriladi.
Kotirovkalar o’sishi narxi kompaniyaga qarshi antimonopol sud arizalari asossiz deya olib tashlangacha ro’y berdi. Nasdaq birjasining ma’lumotlariga ko’ra, hozirga kelib $355,64 ni tashkil etmoqda.
Kompaniyaga qarshi da’vo ishi bo’yicha 2020-yilda Facebook Instagram va WhatsAppni sotishi kerak edi. Kolumbiya okrugi sudi tomonidan Federal savdo komissiyasi va boshqa shtatlar qilgan da’vo yuridik jihatdan asossiz deya topildi va rad etildi.
Hozirda Facebook kapitalizatsiyasi $1 trlndan oshgan beshinchi kompaniya bo’ldi. Undan oldin esa bu ko’rsatgichgaApple ($2.25 trln) ,Microsoft ($2,02 trln), Amazon ($1,74 trln), Alphabet ($1,67 trln) erishgan edi.