UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Equinox modelini sotuvga chiqargani haqida ma’lum qildi.

Chevrolet Equinox RS 2021 yil modelining yangi optsiyalari quyidagilar:

  • Yomg’ir datchigi;
  • Xavfsizlik tizimi (piyodani aniqlash, to’qnashuv xavfi mavjudligi haqida ogohlantirish, yo’l chiziqlarini nazorat qilish, ko’rinishi cheklangan joylar monitoringgi);
  • Past tezlikda avtomatik tormoz tizimi;
  • Mashinalar to’xtash joyidan chiqquncha orqa tarafdagi transport vositalarining harakati haqida ogohlantirish tizimi;
  • Oldidagi transport vositasiga bo’lgan masofa monitoringgi;
  • Old o’rindiqlar ventilyasiyasi;
  • Havoni tozalash tizimi;
  • STOP/GO funksiyasi bilan adaptiv (moshlashuvchan) kruiz-kontrol;
  • Yorug’likka ta’sirchan orqa ko’rinish oynasi;
  • Premium ovoz tizimlar;
  • Qo’shimcha xotira kartasi uchun quti;
  • G’ildiraklar 19 (Shinalar 235/50R19);
  • Yorug’likni yutuvchi oyna;
  • Shovqin va yorug’likni yutuvchi old oyna;
  • LED yoritgichli old yon chiroqlar;
  • LED faralar;
  • Aqlli avtomobil yorug’lik tizimi.

Chevrolet Equinox (2021 yil modeli) — LT komplektatsiya: 414 000 000 so’m.

Bugundan yangi avtomobillar avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha o’z egalariga yetkazila boshlaydi.

Avvalroq Spot, fevral oyining boshida kompaniyaning yangilash strategiyasi sabab bu turdagi avtomobil sotuvi to’xtatilganligi haqida xabar bergan edi.